Google Yer orbitasida suniy intellekt serverlarini joylaştirmoqçi
5-11-2025, 20:51
99 марта

Google Yer orbitasida suniy intellekt serverlarini joylaştirmoqçi
Google korporatsiyasi Project Suncatçer (“Quyoş tutgiç”) nomli yangi tadqiqot loyihasini taqdim etdi. Bu taşabbus suniy intellekt (SI) tizimlarini öqitiş va işlatiş uçun zarur bölgan ulkan elektr energiyasi ehtiyojini qoplaşga qaratilgan. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.Loyihaga köra, Google özining SI çiplarini Yer orbitasiga çiqarilgan suniy yöldoşlarga örnatmoqçi. Ular quyoş panellari bilan jihozlanadi va şu tariqa kosmik serverlar deyarli sutkalik uzluksiz quyoş energiyasi bilan işlaydi. Hisob-kitoblarga köra, orbitadagi panellar Yerda örnatilgan panellarga qaraganda sakkiz baravar samaraliroq böladi.
Bu yondaşuv Google’ga suniy intellekt böyiça işlanmalarni rivojlantiriş bilan birga atmosfera ifloslanişi va energiya sarfi böyiça xavotirlarni kamaytiriş imkonini beradi. Kompaniya uşbu sohada erişilgan natijalar haqida batafsil malumot beruvçi oldindan çop etilgan ilmiy hisobotni elon qilgan.
Loyihadagi eng muhim muammolardan biri – suniy yöldoşlar orasidagi barqaror va tezkor aloqani taminlaş. Hisobotda aytilişiça, orbitadagi malumot uzatiş tezligi soniyasiga önlab terabit bölişi kerak. Buning uçun yöldoşlar bir-biridan bir neça kilometr yoki undan yaqin masofada joylaştiriladi.
Şuningdek, Google muhandislari çiplarning kosmik radiatsiyaga çidamliligini sinovdan ötkazmoqda. Trillium nomli SI çiplarining dastlabki testlari ular beş yillik kosmik xizmat davomida sezilarli nosozliksiz işlaşi mumkinligini körsatgan.
Hozirça bunday tizimlarni orbitaga çiqariş juda qimmat. Biroq Google hisob-kitoblariga köra, 2030 yillarning örtalariga borib, kosmik data-markazlarni işga tuşiriş va işlatiş xarajatlari Yerda joylaşgan markazlarnikiga tenglaşişi mumkin.
Google 2027 yilda Planet kompaniyasi bilan hamkorlikda ikki prototip yöldoşni orbitaga çiqariş orqali uskunalarni sinovdan ötkazişni rejalaştirmoqda.