Hindiston kompaniyasi ilk xususiy orbital raketani uçurdi
Bugun, 18 iyul kuni Hindistonning Skyroot Aerospace xususiy aerokosmik kompaniyasi mamlakatda töliq xususiy sektor tomonidan işlab çiqilgan birinçi orbital raketa – Vikram-1’ni muvaffaqiyatli uçirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Vikram-1 raketaci Şrixarikotadagi Satiş Dhavan kosmik markazidan uçirilgan va taxminan 15 daqiqadan söng öz yuklarini Yerdan 450 kilometr balandlikdagi orbitaga muvaffaqiyatli joylaştirgan. Şu tariqa Hindiston xususiy kompaniya orqali orbital raketa uçiriş imkoniyatiga ega bölgan dunyodagi uçinçi davlatga aylandi.
Parvoz dastlab belgilangan vaqtda qisqa muddatga töxtatilgan, keyin esa qayta rejalaştirilib amalga oşirilgan. Malum qiliniiça, “Mission Aagaman” deb nomlangan uşbu parvoz raketa dvigateli, avionika, telemetriya, boşqaruv, navigatsiya va nazorat tizimlarini haqiqiy parvoz şaroitida sinovdan ötkaziş hamda kelgusidagi tijorat uçirişlari uçun malumot töplaş maqsadida taşkil etilgan.
“Uşbu missiya katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bu sinov parvozi. Doimiy tijorat parvozlariga ötişdan avval yana bir neçta şunday sinovlarni ötkazamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Malumot uçun, 2018 yilda taşkil etilgan Skyroot Aerospace Hindiston kosmik sohasi xususiy investorlar uçun oçilganidan keyin tez rivojlangan startaplardan biri hisoblanadi. Kompaniya joriy yil boşida mamlakatning 1 milliard dollarlik bahoga erişgan birinçi kosmik kompaniyasiga aylangan.
Qayd etiş joiz, Vikram-1 kiçik suniy yöldoşlarni uçiriş bozorida raqobat kuçayib borayotgan bir paytda sinovdan ötkazilgan. Bu bozorda startaplar Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi kabi yirik iştirokçilar bilan raqobatlaşişga intilmoqda. Balandligi taxminan 22 metr bölgan Vikram-1 past Yer orbitasiga 350 kilogrammgaça yuk olib çiqişga möljallangan. Raketa uçta qattiq yoqilğili bosqiç va 3D-printerda tayyorlangan dvigatelga ega suyuq yoqilğili orbital tuzatiş modulidan foydalanadi. Kompaniyaning malum qilişiça, bu texnologiyalar Hindistonda birinçi marta qöllanilmoqda.
Raketa Hindiston va xorijdagi taşkilotlarga tegişli bir neçta tajriba hamda tijorat yuklarini, jumladan, texnologiya namoyiş etuvçi suniy yöldoşlar va orbitadagi ilmiy eksperimentlarni olib çiqqan. Uşbu parvoz 2022 yilda amalga oşirilgan Vikram-S suborbital missiyasining davomi hisoblanadi. Öşanda Skyroot Hindiston hududidan xususiy kompaniya tomonidan uçirilgan ilk raketaga mualliflik qilgan edi.
Hindiston 2020 yilda kosmik sohani xususiy investitsiyalar uçun oçib, startaplarga raketa, suniy yöldoş va uçiriş xizmatlarini mustaqil işlab çiqiş imkonini bergan. Hukumat mamlakatning jahon kosmik iqtisodiyotidagi uluşini hozirgi taxminan 8 milliard dollardan 2033 yilgaça 44 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy dengiz platformasiga örnatilgan maxsus tör orqali raketa tezlatkiçini qaytarib oliş böyiça tajribaviy tizimni muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgandi. Bu yangilik ortidan Xitoy aerokosmik kompaniyalari aktsiyalari keskin qimmatlagandi.