USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning xususiy aerokosmik kompaniyasi loyihalarida özbekistonliklar qatnaşadi

101 марта
AQŞning xususiy aerokosmik kompaniyasi loyihalarida özbekistonliklar qatnaşadi

Özbekiston kosmik texnologiyalar sohasida AQŞning xususiy aerokosmik kompaniyasi — Vast bilan hamkorlikni yölga qöydi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, vazir Şerzod Şermatov AQŞga taşrifi doirasida dunyodagi ilk tijoriy kosmik stantsiyani quriş bilan şuğullanayotgan Amerika xususiy aerokosmik kompaniyasi — Vast kompaniyasining vitse-prezidenti Riç Leşner bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda Özbekistonda kosmik texnologiyalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda mamlakatning kosmik sohadagi inson salohiyatini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şerzod Şermatov fan va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, yoş tadqiqotçilar uçun imkoniyatlar yaratiş hamda Özbekistonning xalqaro kosmik dasturlarda faol iştirokini taminlaş muhimligini takidladi.

Tomonlar Vast kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, qöşma ilmiy tadqiqotlar, kadrlar almaşinuvi dasturlari va özbekistonlik mutaxassislarni Haven-1 orbital stantsiyasining muvaffaqiyatli uçirilişidan söng kelgusi missiyalarda iştirok ettiriş masalalarini körib çiqdi.

Şuningdek, Haven-2 loyihasi doirasida suniy gravitatsiya, hayotni qöllab-quvvatlaş tizimlari va orbital arxitektura böyiça tadqiqotlarda özbekistonlik olim va muhandislarning iştirok etişi ehtimoli muhokama qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: