Özbekiston va AQŞ kompaniyalari hamkorligi böyiça kamida 10 ta bitim imzolandi
23-09-2025, 11:04
270 марта
Özbekiston va AQŞ kompaniyalari hamkorligi böyiça kamida 10 ta bitim imzolandiAQŞning yetakçi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan ötkazilgan davra suhbatidan söng Şavkat Mirziyoyev va AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida ikki tomonlama bitimlarni almaşiş marosimi böldi.
Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Xususan:
Transport vazirligi va Boeing kompaniyasi örtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik töğrisida bitim;
“Texnopark” MÇJ va FLSmidth kompaniyasi örtasida toğ-kon uskunalarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etiş töğrisida bitim;
Akfa Group va Cleveland Clinic örtasida köp tarmoqli klinika va talim muassasasini taşkil etiş töğrisida bitim;
Centrum Air aviakompaniyasi va Oppenheimer investitsiya kompaniyasi örtasida özaro şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Citigroup kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;
“Özbekgidroenergo” AJ va Cargill Financial Services International kompaniyasi örtasida moliyaviy hamkorlik töğrisida bitim;
“Öztransgaz” AJ va Pangea Filtration Teçnology kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;
Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Cove Capital kompaniyasi örtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş töğrisida bitim;
“Yangi Kon” MÇJ va SLB kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;
Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi bilan Biologic International kompaniyasi örtasida suniy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun jamğarmalar taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisida bitim.