Özbekiston va Ozarbayjon örtasida muhim hujjatlar imzolandi: tafsilotlar
2-07-2025, 20:22
199 марта

Özbekiston va Ozarbayjon örtasida muhim hujjatlar imzolandi: tafsilotlar
Boku şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi qarorini qabul qildilar.Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almaşildi. Şu jumladan:
- Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani 2025-2029 yillarda amalga oşiriş böyiça "yöl xaritasi";
- Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim;
- Fan, kasb-hunar va oliy talim sohalarida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim;
- 2025-2026 yillarga möljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- 2030 yilga qadar tovar ayirboşlaşni 1 milliard dollarga yetkaziş dasturi;
- 2025-2027 yillarda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat taminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça amaliy harakatlar rejasi;
- 2025-2027 yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik böyiça çora-tadbirlar rejasi;
- Kemaçilik va kemasozlik sohasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Toşkent viloyati va Sumgait şahri, Navoiy va Gabala şaharlari örtasida birodarlik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi kelişuvlar.