Özbekiston Vengriya bilan strategik şeriklik böyiça deklaratsiyani imzoladi
21-05-2025, 16:27
130 марта
Özbekiston va Vengriya örtasida Kengaytirilgan strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiya imzolandi. Budapeşt şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Vengriya Boş vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladilar.
Şuningdek, yetakçilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya töğrisidagi şartnoma, Iqlim özgarişi sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim, tabiiy ofatlarni boşqariş, ilm-fan va innovatsiyalar, tinç atom sohasida hamkorlik töğrisidagi idoralararo kelişuvlar almaşildi.