Özbekiston va Vengriya yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirilgan strategik şeriklik darajasiga olib çiqdilar
20-05-2025, 20:07
110 марта

"Karmelita" saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.
Özbekiston-Vengriya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari Vengriya yetakçisiga Budapeşt şahrida Özbekiston delegatsiyasiga körsatilayotgan samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi.
Amaliy hamkorlik barça yönalişlarda izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yölga qöyilgan. BMT, Turkiy davlatlar taşkiloti va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.
Özaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakçi korxonalarning kooperatsiyasi kuçaymoqda.
Tovar ayirboşlaş hajmini, şu jumladan import örnini bosiş va "GSP+" maqomi hisobiga birinçi bosqiçda 500 million yevroga yetkaziş muhimligi qayd etildi.
Şu maqsadda laboratoriyalar Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan ötkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlaş dasturi va eksport qiluvçi kompaniyalarga kömaklaşiş böyiça qöşma platforma işga tuşiriladi.
Takidlaş joizki, bugungi kunda qöşma investitsiya loyihalari portfeli 500 million dollarni taşkil etadi. Bu galgi taşrif uçun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan.
Vengriyaning “OTP” banki Özbekiston moliya bozoriga çiqqani Vengriya va Yevropa biznesi uçun kuçli rağbat bölgani takidlandi. Bank bilan moliyalaştiriş vositalarini kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi. Avtokreditlaşni rivojlantiriş uçun qöşma kompaniya taşkil etiş va biznesni qöllab-quvvatlaş dasturini işga tuşiriş şular jumlasidan. Sirdaryo viloyatida parrandaçilik klasterini taşkil etiş ham faol bosqiçda.
Ertalab işbilarmon doiralar vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, avtomobil yöllari va logistika markazlarini quriş, kommunal tarmoqlarni rivojlantiriş, tayyor töqimaçilik mahsulotlari, quriliş materiallari, kimyoviy tovarlar, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş, raqamli texnologiyalar, baliqçilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Bunday işlab çiqarişlarni Özbekistonda joylaştiriş uçun Vengriyaning "Inpark" operatori boşqaruvida Yevropa kompaniyalari uçun maxsus sanoat zonasi taşkil etilayotgani takidlandi.
Umuman, joriy yil iyul oyida Budapeşt şahrida bölib ötadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişida Investitsiyaviy şeriklik dasturini tayyorlaş va qabul qilişga kelişib olindi.
Şuningdek, Özbekiston-Vengriya Işbilarmonlar kengaşi faoliyatini qayta tiklaş va yaqin fursatda uning navbatdagi yiğilişini biznes vakillarining keng iştirokida ötkaziş taklif qilindi.
Ötgan yil oktyabr oyida Qöqon şahrida ötgan birinçi Hududlar forumining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Hududlararo aloqalarni rağbatlantiriş maqsadida Vengriyada ikkinçi forumga puxta tayyorgarlik köriş yuzasidan kelişuvga erişildi.







Işbilarmonlik, turizm va madaniy almaşinuvlarni faollaştiriş maqsadida ikki mamlakat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi.Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga alohida etibor qaratildi.
Ötgan yilning oktyabr oyida Lakitelek şahrida buyuk şoir Alişer Navoiy byusti oçildi. Joriy yilning yanvar oyida Budapeştda Özbek kinosi kunlari ötkazildi.
Kelgusi yilni Özbekiston va Vengriya madaniyati yili deb elon qiliş taklifi bildirildi. Vengriya davlat opera teatri sahnasida "Lazgi" baletini sahnalaştiriş va Budapeştdagi Etnografiya muzeyida özbek madaniyati körgazmasini ötkazişga tayyorgarlik körilmoqda.
Talim almaşinuvi böyiça "Stipendium Hungaricum" dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Şuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar beriş tizimini joriy etiş va mamlakatimizda Vengriya oliy talim muassasalarining filiallarini taşkil etiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Şu manoda, joriy yilda Toşkent şahrida Özbekiston va Vengriya rektorlarining uçinçin forumini ötkaziş taklif qilindi.
Yetakçilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdilar. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boşqa zamonaviy xatarlarga qarşi kuraşiş borasidagi hamkorlikni davom ettiriş muhim ekani takidlandi.
Erişilgan kelişuvlar ijrosi ustidan nazorat örnatiş maqsadida mutasaddi vazirliklarga qöşma "yöl xaritasi"ni tayyorlaş topşirildi.
Uçraşuv yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev Boş vazir Viktor Orbanni javob taşrifi bilan Özbekistonga kelişni taklif etdi.