Özbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz borişi mumkin böladi
26-08-2025, 16:30
261 марта

Özbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz borişi mumkin böladi
Avvalroq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat taşrifi bilan Samarqandga kelgani xabar qilingandi. Mazkur taşrif davomida tomonlar qator bitimlar va özaro anglaşuv memorandumlarini imzoladi. Bu haqda Iordaniya podşohi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, bugungi kunda Iordaniya Özbekistondan asosan farmatsevtika mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, öğitlar, noorganik kimyoviy moddalar hamda yoğli uruğlar va höl mevalar eksport qiladi. Özbekistonning Iordaniyadan asosiy import tovarlari esa mis, kakao va kakao mahsulotlari, şakar va şakardan tayyorlangan mahsulotlar, don mahsulotlari, sovun, mevalar va yonğoq hisoblanadi.
Uşbu taşrif çoğida Özbekiston hukumati va Iordaniya hukumati örtasida Ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya tuziş töğrisida bitim, oliy talim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik töğrisida bitim va turizm sohasida hamkorlik töğrisida bitim imzolangan.
Şuningdek, tomonlar özaro ravişda kiriş vizasi talabidan ozod qiliş töğrisida kelişuvga erişgan hamda investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida bitim tuzilgan.
Bunda taşqari, Iordaniya Bojxona boşqarmasi va Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi örtasida tovarlar va transport vositalarining harakati böyiça oldindan onlayn axborot almaşinuvi töğrisida bayonnoma imzolangan.
Şu bilan birga, Iordaniya Qişloq xöjaligi vazirligi va Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi örtasida qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida bitim, Iordaniya Qişloq xöjaligi vazirligi va Özbekiston Ösimliklarni himoya qiliş agentligi örtasida ösimliklarni himoya qiliş va karantin sohasida hamkorlik töğrisida bitim hamda Qişloq xöjaligi vazirliklari örtasida hayvonlar salomatligi va veterinariya sohasida hamkorlik töğrisida bitim tuzilgan.