Amazon Özbekistonda sputnik internetini işga tuşirişni rejalaştirmoqda
13-10-2025, 13:04
230 марта

Amazon Özbekistonda sputnik internetini işga tuşirişni rejalaştirmoqda
AQŞning Amazon kompaniyasi Özbekistonda Kuiper sputnik internetini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Toşkentda Amerika biznes-missiyasi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovning Amazon Kuiper kompaniyasi vakililar bilan bölib ötgan muzokaralarida malum qilindi.
Qayd etilişiça, Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Amazon korporatsiyasi vakillari bilan raqamli infratuzilmani yaxşilaş böyiça hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Muzokaralar jarayonida tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantiriş va keng polosali internet xizmatlarini yaxşilaş böyiça hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Uçraşuv yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolangan.
Hujjat Özbekiston hududida telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillaştiriş va Kuiper loyihasining sputnik tarmoğidan foydalangan holda, yuqori tezlikdagi internetga bölgan kirişni kengaytiriş böyiça hamkorlikni nazarda tutadi.