USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Kaspiy dengizida öz paromlarini işga tuşirişni rejalaştiryapti

105 марта

Özbekiston Kaspiy dengizida öz paromlarini işga tuşirişni rejalaştiryapti

Özbekiston Kaspiy dengizida öz paromlarini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
«Ozarbayjon taşqi savdo taşuvlari, jumladan, Transkaspiy xalqaro transport yönalişi orqali muhim yönaliş hisoblanadi. Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi çoğida Ozarbayjon Özbekiston uçun konteyner temir yöl taşuvlari böyiça imtiyozlarni 2026 yilgaça uzaytirdi.

Biz Özbekiston kompaniyalarining Kaspiy dengizida paromlarni boşqariş işlari böyiça kelişuvga erişdik. Kaspiy dengizi orqali yuk taşiş hajmi oşgani sababli, paromlar 30−40 kun davomida kutilmoqda va yuklar keçikmoqda. Özbekistonlik tadbirkorlar Turkiya kompaniyalari bilan birgalikda Kaspiy dengizida paromlarni işga tuşirişga qaror qilişdi» — deydi Ilhom Mahkamov.
Uning sözlariga köra, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yölini quriş loyihasini amalga oşiriş Özbekiston va Ozarbayjon örtasida qöşimça tranzit hajmini taminlaydi. Tomonlar, şuningdek, ösib borayotgan yuk taşiş hajmini qayta işlaş uçun infratuzilmani kengaytiriş va modernizatsiya qilişga kelişib olgan.

2 iyul kuni Özbekiston va Ozarbayjon örtasida kemaçilik va kemasozlik sohasida hamkorlik töğrisida bayonnoma imzolandi. Hujjat ikki davlat transport vazirliklari örtasida imzolangan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil avgust oyida Özbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Transkaspiy yölagi doirasida qöşma logistika kompaniyasini taşkil etiş, Boku va uçinçi davlatlar portlarida omborlar va logistika markazlarini quriş imkoniyatlarini muhokama qilgandi.

Ötgan yilning sentyabr oyida Trend naşri xabardor manbasiga tayanib, Özbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi. Loyihani moliyalaştiriş hajmi $150 mln ni taşkil etadi.

Tomonlar transport va tranzit sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça boşqa çora-tadbirlarni ham işlab çiqmoqda. Ular orasida ombor infratuzilmasini birgalikda quriş va Transkaspiy yönalişi böylab yuk taşişni rivojlantiriş uçun qöşma korxona taşkil etiş bor.

Avvalroq Toşkent hokimligi Ozarbayjon kompaniyalari bilan $400 mlnlik şartnomalar tuzgani haqida xabar berilgandi. Loyihalar 5 yulduzli mehmonxona, turar-joy majmuasi va savdo markazini quriş, restoran va qahvaxonalar tarmoğini işga tuşirişni öz içiga oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: