Prezident Nyu-Yorkda AQŞning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
22-09-2025, 22:41
156 марта

Prezident Nyu-Yorkda AQŞning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nyu-York şahriga taşrifi çoğida özi uçun ajratilgan qarorgohda AQŞning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Delegatsiya tarkibida uçraşuvda “Traxys” kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Alan Dokter, Kolorado geologiya maktabi vitse-prezidenti Jon Bredford, “FLSmidth” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Piter Flanagan, “McKinsey” kompaniyasining katta hamkori va Markaziy Osiyo böyiça ofisi rahbari Yermolay Soljenitsin va “Go Green Partners” kompaniyasi boş direktori Mixail Sedoy qatnaşdi.
AQŞning uşbu yetakçi kompaniya va taşkilotlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.
“Traxys” muhim xomaşyo va minerallar, şu jumladan energetik ötiş uçun zarur bölgan xomaşyo va minerallarni yetkazib beriş böyiça jahon yetakçilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bilan birgalikda geologiya-qidiruv va konlarni özlaştiriş sohasida 1 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirilgan. Muhim minerallarni qazib oliş, qayta işlaş va barqaror yetkazib beriş zanjirlarini yaratiş sohasida ilğor texnologiyalar va bilimlarni joriy etiş böyiça bitim va "yöl xaritasi" qabul qilindi.
Kolorado konçilik maktabi toğ-kon sanoati uçun mutaxassislar tayyorlaş böyiça yetakçi muhandislik universitetidir.
Uşbu talim muassasasi bilan Özbekiston geologiya fanlari universiteti qoşida Kompetentsiyalar markazini taşkil etiş masalasi işlab çiqilmoqda.
“FLSmidth” toğ-kon va boyitiş sanoati uçun texnologiyalar va uskunalarni işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Kompaniya mamlakatimiz mis sanoatini rivojlantirişda faol iştirok etmoqda.
“McKinsey” toğ-kon sanoati korxonalarini boşqariş, konsalting va strategik rivojlantiriş sohasida ilğor kompaniya hisoblanadi. Kompaniya bilan birgalikda mamlakatimiz xomaşyo bazasini rivojlantiriş, toğ-kon sanoati quvvatlarini kengaytiriş va uni çuqur transformatsiya qiliş strategiyasi tayyorlandi.
“Go Green Partners” "yaşil" energetika uçun muhim minerallarni qazib oliş va qayta işlaşga sarmoya kiritişga ixtisoslaşgan. Kompaniya istiqbolli maydonlarda geologik qidiruv işlarini olib borişni rejalaştirmoqda.
Mazkur kompaniyalarning umumiy kapitallaşuvi 20 milliard AQŞ dollaridan oşadi.
Loyihalarni jadallaştiriş va yangi takliflar tayyorlaş maqsadida qöşma işçi guruh tuziş va "yöl xaritasi"ni qabul qilişga kelişib olindi.