USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan telefon orqali gaplaşdi

366 марта

Şavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan telefon orqali gaplaşdi

5 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.
Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari batafsil körib çiqildi.
Suhbat avvalida AQŞ Prezidenti sönggi yillarda Yangi Özbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş va aholi farovonligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qöllab-quvvatladi.

Davlatimiz rahbari, öz navbatida, Prezident Donald Trampni AQŞ mamuriyati olib borayotgan içki va taşqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi. Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinç yöl bilan hal qiliş, global xavfsizlik va barqarorlikni taminlaşga qöşayotgan hissasi va say-harakatlari alohida qayd etildi.
Ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga alohida etibor qaratildi.

Ustuvor tarmoqlarda biznes kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş va savdo bitimlari hajmini tubdan oşiriş masalalari körib çiqildi.

Takidlaş joizki, sönggi yillarda özaro savdo körsatkiçlarining barqaror ösişi kuzatilmoqda. 2024 yilda tovar ayirboşlaş 15 foizga oşdi.

Istiqbolli kooperatsiya loyihalari portfeli fuqaro aviatsiyasi, muhim mineral resurslar, elektrotexnika sanoati, energetika, qişloq xöjaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, talim va köplab boşqa yönalişlarni qamrab olgan.

Şu oyda AQŞning yetakçi kompaniya va taşkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror şeriklik aloqalarini yölga qöyiş maqsadida qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazilişi takidlandi.

Bundan taşqari, xavfsizlik sohasida, eng avvalo, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş borasida samarali hamkorlik qilinmoqda.

Madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengaymoqda. Toşkentda AQŞning yetakçi oliy talim muassasalari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Kelgusi yili AQŞda bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatida Özbekiston milliy terma jamoasi ilk bor iştirok etişi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQŞ yetakçisi futbol terma jamoamizga çin dildan omad tiladi.
Telefon muloqoti çoğida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞning “C5+1” şaklidagi mintaqaviy hamkorligini çuqurlaştiriş yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni özi uçun qulay muddatda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi.

Amaliy hamkorlik böyiça loyiha va dasturlarni ilgari suriş maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va AQŞ Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti oçiq, konstruktiv va döstona ruhda ötdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: