Avtomobil tuyani urib yuborişi oqibatida 4 kişi halok böldi
Qozoğistonning Manğistau viloyatida avtomobil yölda turgan tuyani urib yuborganidan söng qarşi yölakka çiqib ketib, boşqa maşina bilan töqnaşdi va oqibatda 4 kişi halok böldi. Bu haqda “Sputnik Qozoğiston” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea “Aqtau – Beyneu” avtomobil yölida sodir bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, Jetibay qişloğidan Şetpe qişloği tomon harakatlangan Toyota Camry yölda turgan tuyani urib yuborgan. Şundan söng, maşina boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi harakatlaniş yölagiga çiqib ketgan va u yerda boşqa Toyota Camry bilan töqnaşgan.
Yöl-transport hodisasi oqibatida 4 kişi voqea joyida halok bölgan. Yana 4 kişi turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga olib ketilgan. Jabrlanganlardan 1986 va 2004 yilda tuğilgan ikki nafar bemor reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Ularga boş miya jarohati va köp sonli tan jarohatlari taşxisi qöyilgan, ahvoli oğir.
1996 yilda tuğilgan yana bir jabrlanuvçi travmatologiya bölimiga yotqizilgan. Uning ahvoli barqaror bölib, şifokorlar nazoratida qolmoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Avtomobillar maxsus avtoturargohga joylaştirilib, zarur ekspertizalar tayinlangan.
Ayni paytda politsiya YTHning barça holatlarini örganmoqda. Jumladan, yölga çiqib qolgan tuyaning egasi kim ekani ham aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Respublikasining Qizilörda viloyatida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 3 özbekistonlik halok bölgani haqida xabar berilgan edi.