USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Odamlarga kitob öqigani uçun pul tölaş boşlandi

161 марта
Одамларга китоб ўқигани учун пул тўлаш бошланди

Singapur hukumati aholini ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt lenta aylantirişdan qaytariş va kitob öqişga undaş uçun pul tölaşni boşladi. Endi har kuni kamida 15 daqiqa kitob öqigan odamlar rağbatlantiriladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, sentyabr oyidan işga tuşirilgan dastur doirasida fuqarolar maxsus davlat sayti orqali öqigan vaqtini qayd etib boradi. 15 daqiqa yoki undan köproq kitob öqigan kişi 20 virtual tanga oladi. 1000 ta tanga töplagan iştirokçi 1 Singapur dollari, yani taxminan 80 AQŞ tsenti oladi. Bir kunda faqat bitta öqiş sessiyasi hisobga olinadi. Şu tariqa, iştirokçi 50 kun davomida har kuni 15 daqiqadan kitob öqisa, 1 Singapur dollari işlab oladi.

Singapur Milliy kutubxona kengaşi rahbari Melissa Tamning aytişiça, muntazam kitob öqiş odatini kiçik va amalga oşiriş oson bölgan qadamlar orqali şakllantiriş mumkin. Hozir odamlar istalgan paytda yuzlab sarlavhalarni körib çiqişi, videolar tomoşa qilişi yoki deyarli har qanday malumotning qisqa xulosasini olişi mumkin. Şu sababli dastur 15 daqiqalik oddiy kunlik maqsaddan boşlangan.

Singapur hukumati yoşlar uçun ijtimoiy tarmoqlarning zararini kamaytiriş çoralarini ham körib çiqmoqda. Ular orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga kunlik vaqt limitini joriy etiş taklifi bor.

Qayd etilişiça, avvalgi tadqiqotlar yoşlar orasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik va “doomscrolling” – salbiy yoki xavotirli xabarlarni uzluksiz ravişda körib çiqiş kabi holatlar keng tarqalganini körsatgan.

Qiziği, kitob öqiş masalasida Singapur yoşlarining körsatkiçlari yuqori. 2025 yilgi PISA xalqaro baholaş dasturida mamlakatning 15 yoşli öquvçilari öqiş savodxonligi böyiça dunyoda birinçi örinni egallagan. Ular bu körsatkiçda Xitoy va Tayvan öquvçilaridan yuqori natija qayd etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Singapur hukumati mamlakatda tuğiliş körsatkiçi pasayib borayotgani sababli oilalarni farzandli bölişga rağbatlantirişga qaratilgan yangi çoralarni elon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: