KXDR BMTning yadro dasturi böyiça rezolyutsiyasiga keskin munosabat bildirdi
KXDRning yadroviy davlat sifatidagi maqomi AQŞ, boşqa Ğarb mamlakatlari, şuningdek, Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan tan olinişiga muhtoj emas. Bu haqda KXDR Taşqi işlar vazirligi vakilining Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotida aytiladi.
“Döst bölmagan kuçlar MAGATE içida va taşqarisida bizning konstitutsiyaviy maqomimizni inkor etişga qançalik urinmasin, KXDRning allaqaçon jismoniy va huquqiy jihatdan mustahkamlangan yadroviy davlat maqomi yengib bölmas kuçdir”, deyiladi hujjatda.
MAGATE Boş konferentsiyasining 70-sessiyasida joriy yilning 17 sentyabr kuni qabul qilingan KXDR böyiça rezolyutsiya javob bayonotiga sabab böldi. Pxenyanning körsatişiça, uşbu rezolyutsiyada yadroviy qurol va yadroviy dasturlardan töliq, tekşiriladigan va ortga qaytmas tarzda voz keçiş talablari örin olgan.
KXDR öz navbatida Şimoliy Koreya allaqaçon Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma (YaQTŞ) va MAGATE tarkibidan çiqqanini eslatgan. Şu sababli taşkilot tomonidan qabul qilingan bunday qaror noqonuniy va “heç qanday tarifga siğmaydigan” holat.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni KXDR AQŞ va Janubiy Koreyaning ommaviy qirğin qurollariga qarşi kuraşiş qömitasi (CWMDC) yiğilişiga javoban yadroviy kuçlar töğrisidagi qonunni işga soliş bilan tahdid qilgani malum bölgan.
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In esa keyinçalik Pxenyan harbiy qudratni oşirişda davom etişini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreyaning asosiy Yonbyon yadroviy majmuasida 28 tagaça tsentrifuga kaskadini joylaştiriş mumkin bölgan yangi uran boyitiş inşooti qurilgani haqida xabar berilgan edi.