Xorijga çiqiş taqiqini yeçib berişni vada qilgan bankir uşlandi
Andijonda tijorat bankining hududiy boşqarmasida işlovçi boş mutaxassis fuqaroning xorijga çiqişiga qöyilgan taqiqni yeçib beriş evaziga 5,5 million söm olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida tijorat bankining Andijon hududiy boşqarmasi boş mutaxassisi B.U. fuqaro A.A. ning bank krediti böyiça qarzdorligi sabab Majburiy ijro byurosi tomonidan qöyilgan xorijga çiqiş taqiqini yeçib berişni vada qilgani aniqlangan. U mazkur xizmat evaziga 5,5 mln sömni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganç şahrida hokim yordamçisi fuqarodan pensiyasini köpaytirib beriş evaziga 15 million söm olib, uning 14,9 million sömini qaytarib berayotgan vaqtida uşlangan edi.