USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp “Suniy intellekt kuçlari” tuzişini malum qildi

74 марта
Трамп “Сунъий интеллект кучлари” тузишини маълум қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “Suniy intellekt kuçlari” taşkil etilişini malum qildi. Bu haqda Tramp Truth Social’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Trampning aytişiça, yangi tuzilma suniy intellekt sohasidagi rivojlanişni qöllab-quvvatlaş bilan birga, texnologiyadan kelib çiqişi mumkin bölgan salbiy holatlarni ham nazorat qiladi. Biroq u “Suniy intellekt kuçlari”ning aniq vazifalari, tarkibi va qanday faoliyat yuritişi haqida hozirça batafsil malumot bermagan.

AQŞ Prezidenti suniy intellekt sanoatining rivojlanişiga tösqinlik qilinmasligini, aksinça, uni qöllab-quvvatlaşlarini aytgan. Uning qayd etişiça, malumotlar markazlariga qarşi bildirilgan etirozlar ham katta darajada muvaffaqiyatsizlikka uçragan.

“Biz bu ajoyib sanoatning rivojlanişini heç qanday tarzda çeklamaymiz yoki unga bosim ötkazmaymiz. Aksinça, uni qöllab-quvvatlaymiz, yordam beramiz va rivojlanişini yaqindan kuzatib boramiz”, degan Tramp.

Şuningdek, u suniy intellektdan kelib çiqişi mumkin bölgan xavflar amaldagi jinoyat va fuqarolik huquqi tizimi orqali nazorat qilinişini takidlagan.

Bundan taşqari, Tramp yaqin orada “Suniy intellekt qiroli”ni tayinlaşini malum qilgan. Uşbu şaxs suniy intellekt xavfsizligi uçun masul böladi. Prezident bu lavozimga faqat yuqori IQ darajasiga ega bölganlar ariza topşirişi kerakligini aytgan.

Agar Tramp vadasini amalga oşirsa, bu uning ikkinçi “Suniy intellekt qiroli” böladi. Avval uşbu lavozimni vençur kapitalisti Devid Saks egallagan. U bahorda lavozimni tark etib, taşqi maslahatçi sifatida faoliyatini davom ettirgandi.

Malumot uçun, “Suniy intellekt kuçlari”ning harbiy yoki fuqarolik tuzilmasi bölişi, vakolatlari va byudjeti hozirça aniqlaştirilmagan.

Tramp suniy intellekt kelajakda AQŞ iqtisodiyotida katta örin egallaşini takidlagan. Uning fikriça, uşbu texnologiya mamlakat yalpi içki mahsulotining 25 foizigaça qismini taşkil qilişi mumkin. Şuningdek, u AQŞ suniy intellekt sohasida Xitoy va dunyoning boşqa davlatlaridan oldinda ekanini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik harbiylar şu bahorda Fors körfazida suniy intellektning xatosi oqibatida paydo bölgan razvedka hisobotiga işonib, Xitoy kemasiga zarba berişga tayyorgarlik körgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: