Qirğizistonda bitta qöçqor 1 mln dollarga sotildi
Joriy yilning 19 sentyabr kuni Qirğizistondagi festivalda “Araşan” zotiga mansub qöçqor 1 million dollarga sotildi. Tadbirda beşta mamlakatdan borgan fermerlar iştirok etgan. Bu haqda “Sputnik-Qirğizston” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qirğizistonda “Araşan” zotidagi qöylarni rivojlantirişga bağişlangan festivalda favqulodda bitim amalga oşirilgan. Xabarlarga köra, uşbu zotdagi qöçqor 1 million dollarga sotilgan. Sotuv haqidagi malumotni Qirğiziston Qişloq xöjaligi vazirligi ham tasdiqlagan.

Malum bölişiça, uşbu qimmatbaho nasldor qöçqor maşhur “Frankel” nomli qöçqorning avlodi. 2023 yilda Frankel Qozoğistonga 150 ming dollarga sotilgan. “Frankel” Qirğizistonning “Araşan” zotining eng taniqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Talas yaylovlarida yetiştirilgan.
“Araşan” zoti Qirğizistonda rasman 2021 yilda röyxatga olingan. U Hisor va Qirğiz dağal junli qöy zotining çatiştirilişi orqali yetiştirilgan. Avvalroq uşbu zotga Qozoğiston va Özbekiston fermerlari qiziqiş bildirayotgani xabar qilingan edi”, deyiladi xabarda.
Qayd etiş joiz, 2026 yilning mart oyida Qirğiziston Qişloq xöjaligi vazirligi rahbari “Araşan” nasldor qöylari savdosi uçun auktsion yoki birja formatida davlat maydonçasini yaratişni taklif qilgan.