Özbekiston 2024 yilda Rossiyadan qança qarz olgani aytildi
5-12-2025, 22:06
1 081 марта

Özbekiston 2024 yilda Rossiyadan qança qarz olgani aytildi
Ötgan yili 38 ta davlatning Rossiya oldidagi qarzi 33,1 milliard dollargaça ösdi, bu 1998 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. Bu haqda Jahon banki malumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.Qayd etilişiça, 2024 yilda bu körsatkiç 2,6 milliard dollarga oşib, 33,1 milliard dollarga yetgan. Bu davlatlarning Rossiya oldidagi qarz oxirgi marta 1998 yilda 38 milliard dollarni taşkil qilgan.
Bangladeş ötgan yili eng katta qarz oluvçi böldi, uning qarzi yil davomida 1,2 milliard dollarga köpaydi. Misr qarzini 815 million dollarga, Hindiston esa 799 million dollarga oşirdi. Özbekiston qarzini 39 million dollarga, Afğoniston 17 million dollarga, Yaman 7 million dollarga va Şri-Lanka 3 million dollarga oşirgan.
Belarus qarz majburiyatlarini eng köp – 125 million dollarga qisqartirdi.
Sentyabr oyida Gruziya Rossiya oldidagi köp yillik qarzini töliq tölagani xabar qilingan edi. 2024 yilning oxiriga kelib Gruziyaning umumiy davlat qarzi 1,56 milliard dollarni, Rossiyaga esa 156,9 million dollarni taşkil qildi.