Özbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Pullar nimaga işlatilgan?

2025 yilning 1 oktyabr holatiga Özbekistonning davlat qarzi 43 mlrd 969 mln dollarni taşkil etdi. Davlat qarzining 36,7 mlrd dollari – taşqi qarz, 7,2 mlrd dollari esa içki qarz.
Davlat qarzi ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd 884 mln dollarga köpaygan. YaIMga nisbatan uluşi esa 32,3 foizga yetgan.
Davlat taşqi qarzining umumiy qarzdagi uluşi – 84 foiz, içki qarz uluşi esa –16 foiz. Uçinçi çorak yakunlari böyiça aholi jon boşiga davlat qarzi 1154 dollarni taşkil etdi.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
Hisobot davri yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 47 foizi (17,4 mlrd dollar) byudjetni qöllab-quvvatlaşga, 16 foizi (5,8 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 9 foizi qişloq va suv xöjaligiga (3,2 mlrd dollar), 8 foizi (2,8 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xöjaligiga (3 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
1 oktyabr holatiga davlat taşqi qarzining asosiy qismi quyidagi taşkilotlardan jalb qilingan:
- Jahon banki — 8 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 7,5 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 5,8 mlrd dollar;
- Xitoy moliya taşkilotlari – 3,7 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya taşkilotlari — 3,1 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,7 mlrd dollar;
- Frantsiya moliya taşkilotlari – 1,2 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki — 932 mln dollar;
- Koreya moliya taşkilotlari — 740 mln dollar;
- Xalqaro valyuta jamğarmasi — 638 mln dollar;
- Germaniya davlat banki — 491 mln dollar;
- Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki — 426 mln dollar;
- Boşqa moliyaviy taşkilotlar — 2,5 mlrd dollar.
Taşqi qarzning valyuta tarkibi quyidagiça: dollardagi kreditlar — 63 foiz, özbek sömidagi — 12 foiz, yevrodagi – 8 foiz, yapon iyenasidagi — 6 foiz, yuandagi — 2 foiz.