Özbekistonning davlat qarzi yarim yilda $3,1 mlrdga oşdi
3-09-2025, 11:11
859 марта
Özbekistonning davlat qarzi yarim yilda $3,1 mlrdga oşdiJoriy yilning birinçi yarim yilligida davlat qarzi $43,3 milliardga yetdi, biroq YaIMga nisbatan uluşi 35%dan 34,2%ga kamaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi malumotlariga köra, joriy yilning ikkinçi çoragi yakuniga kelib, Özbekistonning davlat qarzi $3,16 milliardga köpaygan.
Davlat qarzining umumiy hajmi $43,37 milliardni taşkil etdi. Şuningdan davlatning taşqi qarzi $36,41 milliard, içki qarzi esa $6,96 milliardga teng.
Şu bilan birga, yil boşidan davlat qarzining YaIMga nisbatan uluşi 35%dan 34,2%gaça pasaygan.
Taşqi qarz tuzilişida 53% xalqaro moliya institutlariga töğri keladi:
Osiyo taraqqiyot banki — $7,46 mlrd (20%);
Jahon banki — $7,84 mlrd (22%);
Islom taraqqiyot banki — $935 mln (3%);
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — $1,69 mlrd (5%);
Xalqaro valyuta jamğarmasi — $642 mln (2%);
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki — $401 mln (1%).
31% esa xorijiy hukumatlarning moliya taşkilotlariga töğri keladi:
Xitoyning Eksport-import davlat banki va boşqa taşkilotlariga qarz — $3,86 mlrd (11%);
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boşqa yapon taşkilotlariga — $3,18 mlrd (9%);
Frantsiya taraqqiyot agentligiga — $1,16 mlrd (3%).
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov xalqaro standartlarga köra mamlakatning taşqi qarzi mötadil hisoblanadi, deya takidlagan edi.