USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning davlat qarzi 43 mlrd dollardan oşdi. Bu pullar nimaga işlatilgan?

767 марта
Özbekistonning davlat qarzi 43 mlrd dollardan oşdi. Bu pullar nimaga işlatilgan?

2025 yilning 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat qarzi 43,3 mlrd dollarga yetdi. Davlat qarzining 36,4 mlrd dollari – taşqi qarz, 6,9 mlrd dollari esa – içki qarz. Davlat qarzi ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga oşgan. Özbekistonning eng yirik kreditorlari – Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bölib qolyapti.

2025 yilning 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat qarzi 43 mlrd 376 mln dollarni taşkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi malum qildi.
Davlat qarzining 36,41 mlrd dollarini – taşqi qarz, 6,96 mlrd dollarini esa içki qarz taşkil etgan.

Davlat qarzi ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 mlrd 135 mln dollarga köpaygan. YaIMga nisbatan uluşi ham 1,8 foizga oşib, 32,4 foizdan 34,2 foizga yetgan.

Taqqoslaş uçun, 2024 yilning 1 iyul holatiga davlat qarzi 37 mlrd 241 mln dollarni taşkil etgan. Bir yil içida uşbu körsatkiç 16,5 foizga oşgan.

Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?


Hisobot davri yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 47 foizi (16,9 mlrd dollar) byudjetni qöllab-quvvatlaşga, 16 foizi (5,9 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 9 foizi qişloq va suv xöjaligiga (3,1 mlrd dollar), 8 foizi (2,9 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xöjaligiga (3 mlrd dollar) yönaltirilgan.

Özbekiston kimlardan qarz olgan?

1 iyul holatiga davlat taşqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanişi quyidagiça:
Jahon banki — 7,8 mlrd dollar;
Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 5,7 mlrd dollar;
Xitoy moliya taşkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
Yaponiya moliya taşkilotlari — 3,2 mlrd dollar;
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,7 mlrd dollar;
Frantsiya moliya taşkilotlari – 1,1 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki — 935 mln dollar;
Koreya moliya taşkilotlari — 750 mln dollar;
Xalqaro valyuta jamğarmasi — 642 mln dollar;
Germaniya davlat banki — 481 mln dollar;
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki — 401 mln dollar;
Boşqa moliyaviy taşkilotlar — 2,5 mlrd dollar.

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov taşqi qarz masalasi köp muhokamalarga sabab bölayotganini aytib, bu masalaga quyidagiça izoh bergandi.

“Davlat qarzi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bölyapti. Ösib borayotgan iqtisodiyotimiz köp mablağga muhtoj. Taşqi investitsiyalar, DXŞ asosidagi loyihalardan ham mablağlar kirib kelyapti. Davlat vazifalarini bajariş bilan boğliq xarajatlar, içimlik suv, yöl, infrastruktura, şuningdek, mudofaa qobiliyati, çegaralarimiz xavfsizligini taminlaş bilan boğliq xarajatlarning bir qismini taşqi qarz evaziga qoplaşga töğri keladi. Özbekistonning istalgan eng çekka hududlarida ham uy-joylarni tadbirkorlar quryapti. Tadbirkorlarda odamlar ipoteka olib, uyni sotib oladi, degan işonç bor. Ipoteka muddati uzoq va banklarni ipoteka bilan qoplaş mablağlari ham çet eldan olib kelinadi. Bu taşqi qarz mablağlarimiz oşişiga olib keladi”, – degandi vazir.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda jalb qilinadigan taşqi qarzning çeklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bölişi kutilyapti. Şundan 3 mlrd dollari davlat byudjeti taqçilligini moliyalaştiriş uçun, qolgan qismi esa investitsiya loyihalariga yönaltiriladi.

Umumiy taşqi qarz 70 mlrd dollarga yaqinlaşdi

Özbekiston Markaziy banki malumotlariga köra, 2025 yilning dastlabki çoragida Özbekiston umumiy taşqi qarzi 68,4 mlrd dollarni taşkil qilib, 4,3 mlrd dollarga oşgan. Bunda davlat taşqi qarzi 35,8 mlrd dollar (+1,9 mlrd), korporativ taşqi qarz esa 32,6 mlrd dollarga (+2,4 mlrd) teng bölgan. Çoraklik joriy operatsiyalar hisobining manfiy saldosi esa 160,7 mln dollargaça (yillik nisbatda 13 barobarga) qisqargani xabar qilingandi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: