Özbekiston qayerdan qança qarz olganligi malum böldi
28-04-2025, 17:00
1 252 марта
Özbekiston qayerdan qança qarz olganligi malum böldi2024 yil davomida Özbekistonning davlat qarzi 2023 yilga nisbatan $5,27 mlrdga oşib, $40,19 mlrdni taşkil etdi. Uşbu ösişning asosiy qismi taşqi qarz hisobiga töğri kelib, uning hajmi $33,72 mlrdga yetdi. Içki qarz esa yil davomida $1,19 mlrdga ortib, $6,47 mlrdni taşkil qildi, deya xabar berdi Pinkod.uz.
Xabarga köra hozirgi kunda Özbekiston davlat taşqi qarzining $19,1 mlrd qismi xalqaro moliyaviy taşkilotlardan jalb qilingan.
Taşqi qarzning $10,44 mlrdi xorijiy hukumatlarning moliyaviy taşkilotlari orqali jalb etilgan.
Qarzdorlik mablağlari quyidagi sohalarga yönaltirilgan:
45% ($15,29 mlrd) — Davlat byudjetini qöllab-quvvatlaş
17% ($5,74 mlrd) — Yoqilği-energetika sanoati
9% ($2,91 mlrd) — Qişloq va suv xöjaligi
8% ($2,85 mlrd) — Uy-joy kommunal xöjaligi
8% ($2,85 mlrd) — Transport va transport infratuzilmasi
7% ($2,4 mlrd) — Soğliqni saqlaş, talim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
2% ($841 mln) — Tadbirkorlik faoliyati va sanoat işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş
2% ($764 mlln) — Kimyo sanoati