Janubiy Koreya Prezidenti AQŞdan Şimoliy Koreyaga sanktsiyalarni yumşatişni söradi
Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon AQŞni Şimoliy Koreya yadroviy dasturlarini muzlatişi evaziga Pxenyanga nisbatan sanktsiyalarni yumşatişga çaqirdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
“Men sanktsiyalar – ular unçalik samarali emas – evaziga qöşimça yadroviy qurollar va qitalararo ballistik raketalar texnologiyasini rivojlantirişni töxtatiş örtasida kelişuvga erişişda katta qiymat bor, deb hisoblayman”, degan Li naşrga bergan intervyusida.
Janubiy Koreya Prezidentining takidlaşiça, hozirgi şaroitda denuklearizatsiyaga erişişga uriniş heç qanday natija bermaydi. Uning fikriça, avval Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturini muzlatiş böyiça kelişuvga erişiş, keyin esa özaro rağbat va yon berişlar orqali işonçni şakllantiriş va oxir-oqibat Pxenyanni yadroviy arsenalini qisqartirişga köndiriş mumkin.
Li hozirgi bosiq holat davom etişi juda xavfli ekanini aytgan. U Janubiy Koreya baholariga köra, Şimoliy Koreya har yili qöşimça 10–20 ta yadroviy qurol işlab çiqariş imkoniyatiga ega yoki allaqaçon şunday qurollar işlab çiqarayotgan bölişi mumkinligini bildirgan.
“U yetarliça yadroviy qurol va raketalar töplab, şu orqali öz xavfsizligini kafolatlaganiga işonç hosil qilgaç, pul işlaş uçun ularni eksport qilişga vasvasaga tuşişi mumkin. Bu haqiqatan ham xavfli palla böladi”, degan Janubiy Koreya rahbari.
Janubiy Koreya rasmiylari Şimoliy Koreyaga nisbatan siyosatni özgartirayotganini, “avval denuklearizatsiya” yondaşuvi örniga “avval tinçlik” tamoyiliga ötayotganini bildirgan. Li ötgan yili Pxenyan tizimini hurmat qilişini va Şimoliy Koreya bilan tinç-totuv yaşaşga intilişini malum qilgan edi.
Biroq ikki Koreya örtasidagi munosabatlar hamon keskinligiça qolmoqda. Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Pxenyanning Koreyalarni birlaştiriş siyosatidan voz keçgan, Janubiy Koreyani “eng duşmanona davlat” deb atagan va çegaradagi mudofaa salohiyatini kuçaytirişga körsatma bergan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kim Çen In bilan yangi uçraşuv ötkazişga intilmoqda. Janubiy Koreya Prezidenti esa bunday muzokaralar ötkazilişini xohlaşini bildirgan.
Qayd etilişiça, Li şu hafta BMT Boş Assambleyasi doirasida Koreya yarimorolida tinçlik va tinç-totuv yaşaş böyiça öz qaraşlarini taqdim etişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya AQŞning mamlakatni yadroviy qurolsizlantiriş haqidagi çaqiriqlarini rad etib, yadroviy qurollarini saqlab qolişi va yadroviy salohiyatini kuçaytirişda davom etişini malum qilgandi.