AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRga qarşi qöşma maşğulot ötkazadi
Janubiy Koreya, Yaponiya va AQŞ 9–11 sentyabr kunlari Şimoliy Koreyaning raketa va yadroviy qurollar tahdidiga qarşi tayyorgarlikni sinaş maqsadida qöşma harbiy maşğulot ötkazadi. Bu haqda Janubiy Koreya rasmiylari malum qildi.
“Freedom Edge” deb nomlangan har yilgi maşğulotlar mudofaa xususiyatiga ega bölib, Janubiy Koreyaga qaraşli Çeju orolining janubi va şarqidagi xalqaro suvlarda ötkaziladi.
Uç davlatning navbatdagi maşğuloti AQŞ prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan ötkaziladigan yirik qöşma maşğulotni qisqartirganidan keyin taşkil etilmoqda. Şundan söng AQŞ kelasi oyga rejalaştirilgan Dengiz piyodalari korpusining Janubiy Koreya bilan qöşma maşğulotini ham bekor qildi.
Tramp Janubiy Koreyaning Eron uruşida yordam berişdan boş tortganini maşğulotlarni qisqartiriş sabablaridan biri sifatida keltirgan. Şuningdek, u “Ulçi Freedom Şield” maşğulotlari Şimoliy Koreyaga notöğri signal yuborganini aytgan.
Tramp ayni paytda Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan yangi sammit ötkazişga harakat qilmoqda. Ikki davlat rahbari 2018 va 2019 yillarda uçraşgan.
Eslatib ötamiz, avvaloq Şimoliy Koreya AQŞning Yaponiyadagi harbiy qömondonligi kengaytirilayotganini tanqid qilib, Koreya yarimorolida qurolli töqnaşuv yuz berişi endi ehtimol emas, balki vaqt masalasi ekanini bildirgandi.