Rossiyadagi savdo markazida yonğin: odamlar derazadan sakradi
Bugun, 22 sentyabr kuni Rossiyaning Sterlitamak şahridagi mahalliy aholi orasida ommabop bölgan bozor – “Solneçniy” savdo-xizmat körsatiş majmuasida yonğin sodir böldi. Bu haqda “Ufa1.ru” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yonğin oqibatida tört kişi halok bölgan va beş kişi jarohatlangan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotlariga köra, yonğin savdo-xizmat körsatiş majmuasining ğiştdan qurilgan tört qavatli binosida yuz bergan. “Solneçniy” hududidan 17 kişi evakuatsiya qilingan.
Ikki yoki undan ortiq şaxsning ehtiyotsizlik orqasida ölimiga sabab böliş moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Halok bölganlar orasida savdo markazida işlagan uç opa-singil bor.
Guvohlarning “Ufa1.ru” naşriga malum qilişiça, yonğin paytida signalizatsiya işlamay qolgan bölişi mumkin, odamlar esa binoning yuqori qavatlaridagi derazalardan sakragan va ötkinçilar hamda bozor xodimlari ularni qutqarişga uringan. Savdo markazi administratsiyasi signalizatsiya işlamaganini rad etmoqda.
Mahalliy soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, yonğinda jarohatlanganlar şifoxonada. Ulardan birining ahvoli oğir. Uçinçi qavatdan sakragan 27 yoşli ayol va 16 yoşli qizning ahvoli oğirlikning örtaça darajasida. Kuç tuzilmalariga yaqin bölgan “Baza” Telegram-kanali jarohatlanganlar yetti kişi ekanini yozmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çilining Pitrufken şahridagi qariyalar uyida yuz bergan yonğin oqibatida kamida 16 kişi halok bölgandi, yana 10 kişi turli jarohatlar va kuçli tasirlaniş holatida şifoxonaga olib ketilgandi.