USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron ikkita şart bilan Hormuzni oçişga tayyorligini elon qildi

120 марта
Эрон иккита шарт билан Ҳормузни очишга тайёрлигини эълон қилди

Eron agar AQŞ harbiy bosimni yumşatsa va Eron portlaridan blokadani olib taşlasa, yetti kun içida Hormuz böğizini oçişga tayyor. Bu haqda “Reuters”ga ismi oşkor qilinmagan yuqori martabali Eron mulozimi malum qildi. 

“AQŞ masalani diplomatik yöl bilan hal qiliş niyatida ekanini elon qilişi, buni rasman amalga oşirişi, söngra uşbu jarayonni ilgari suriş muddatlari va tartibini kelişib olişi kerak. BMT Boş Assambleyasi – bu AQŞ uçun diplomatiyaga qaytişning ajoyib imkoniyatidir”, deydi Eron mulozimi.

Şuningdek, u BMT Boş Assambleyasidagi Eron delegatsiyasi hozirda Nyu-Yorkda ekanini hamda AQŞ bilan maslahatlaşuvlarni qayta boşlaş vakolatlariga ega ekanini qöşimça qilgan.

Qayd etiş joiz, joriy yilning 20 sentyabr kuni Eron markaziy harbiy qömondonligi AQŞ mintaqa mamlakatlari qöllab-quvvatlovi ostida harbiy harakatlarni qayta boşlaşga tayyorgarlik körayotgani haqida malumot olganini malum qilgan va bu Tehron tomonidan “çeklovlarsiz va heç narsaga qaramasdan” javob çoralariga olib kelişidan ogohlantirgan.

Şunga qaramay, Eron tomoni muloqotdan voz keçayotgani yöq. “Reuters” havola qilayotgan Eron mulozimining sözlariga köra, joriy yilning 16 sentyabr kuni Tehron vositaçilar orqali AQŞga Vaşington bilan harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisidagi kelişuv tafsilotlarini topşirgan. Uşbu tafsilotlar Nyu-Yorkda uçinçi tomonlar vositaçiligida muhokama qilinişi mumkin. “Reuters” manbasining sözlariga köra, BMT qarorgohida ikki mamlakat rahbarlari örtasida şaxsiy uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilmagan.

Naşr manbasi Tehronda nima uçun aynan Hormuz böğizini oçiş uçun yetti kun haqida gapirilayotganiga aniqlik kiritmagan. Eron tomoniga böğozni minalardan tozalaş uçun şunça vaqt kerak bölişi ehtimoldan xoli emas.

Malumot uçun, joriy yilning fevral oyida AQŞ va Isroil tomonidan Eronga qarşi harbiy kampaniya boşlanguniga qadar Hormuz böğozi orqali ötiş erkin va xavfsiz edi. Eron AQŞ va Isroil tomonidan qilingan tajovuzga javoban uni tösib qöydi, oqibatda trafik uruşdan oldingi darajaga nisbatan 90 foizga kamaydi. Hozirgi davrda ikki tomon örtasidagi muzokaralar jarayonida közga taşlanadigan siljişlar kuzatilmayapti. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Islom inqilobi qöriqçilari korpusi vakili Husayn Mohebiy Eron AQŞ tomonidan hujumlar qayta boşlangan taqdirda, yangi qurollarni qöllagan holda ilgari zarba berilmagan Amerika obektlariga hujum qilişini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: