USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saratondan vafot etgan ayol dafn marosimi kuni tirildi

449 марта
Саратондан вафот этган аёл дафн маросими куни тирилди

Xitoyda saraton va boş miya trombozidan vafot etgan 70 yoşli ayol ölimidan bir kuni keyin sovutkiçli tobutda yotgan holda huşiga keldi. Bu haqda “The Paper” naşri xabar berdi.

“Oila azolari ölimni qayd etgaç, keksa ayol sovutkiçli tobutga joylaştirilgan. Kutilmaganda, 9 sentyabr kuni keçqurun ayolning kelini tobut içidan kelayotgan kuçsiz ingraşni eşitib qolgan”, deyiladi naşr xabarida.

Şundan söng, ayol zudlik bilan tobutdan olingan. Joriy yil 11 sentyabrga kelib oilaning barça yaqinlari xonadonga yiğilganida, pensioner ayol qisman huşiga qaytgan va közlarini oçgan. Şunga qaramay, uning ahvoli oğirligiça qolgan: u mustaqil ravişda suv iça olmagan va ovqatlana olmagan. Öşa kuni keçqurun ayol vafot etgan va 13 sentyabr kuni dafn etilgan.

Hodisa oila azolaridan biri tomonidan elon qilinganidan söng Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamalarga sabab bölgan. Internet foydalanuvçilarining voqea çinligiga şubha bilan qaraganiga qaramay, muallif yaqin insonining ölimi haqida heç kim bunday tafsilotlarni töqib çiqarmasligini malum qilgan. Qarindoşlarning sözlarini mahalliy aholi va qişloq mulozimi ham tasdiqlagan. U tobut çuqur muzlatiş rejimida emas, balki yengil sovutiş rejimida işlaganini, bu esa ayolning hayotini saqlab qolganini aytgan.

Şifokorlar yuz bergan hodisani “soxta ölim” deb atagan. Bu holatda insonda metabolizm (moddalar almaşinuvi) kritik darajada sekinlaşadi, nafas oliş va puls esa deyarli sezilmaydi. Bemorning özi esa ölim bilan adaştiriş juda oson bölgan çuqur koma holatiga tuşadi. Şifokorlar aynan şu sababli ölimni qayd etiş uçun hamişa qatiy professional mezonlar qöllanilişini takidlaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahridagi masjidda 80 yoşli Halit Bayşuning janozasi davomida uning tirik ekani aniqlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: