USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Madurodan söng ilk bor Venesuela muvaqqat rahbari bilan uçraşadi

76 марта
Трамп Мадуродан сўнг илк бор Венесуэла муваққат раҳбари билан учрашади

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges bilan Nikolya Maduro hibsga olinganidan keyin birinçi marta uçraşadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Uçraşuv bugun, 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasida Tramp mezbonlik qilayotgan qabul marosimida bölib ötişi rejalaştirilgan. Uçraşuv mahalliy vaqt bilan soat 19:40 da boşlanişi kutilmoqda.

Rodrigesning AQŞga uşbu taşrifi u joriy yil yanvar oyida Venesuela muvaqqat prezidenti lavozimiga kelganidan keyin mamlakatga birinçi bor kelişi hisoblanadi. U ertaga, 24 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasida nutq sözlaşi kutilmoqda.

Oq uyning malum qilişiça, uçraşuvda Tramp bilan birga AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Moliya vaziri Skott Bessent, Oq uy mamuriyati rahbari Syuzi Uayls hamda Prezident yordamçisi va siyosat böyiça boş maslahatçi örinbosari Stiven Miller iştirok etadi.

Rodriges Maduroning sobiq vitse-prezidenti bölgan. Tramp u bilan işçi munosabatlar örnatgan. Biroq tanqidçilar Vaşington Venesuela muxolifati, jumladan Mariya Korina Maçado boşçiligidagi kuçlarni çetga surib, muvaqqat hukumat bilan neft va investitsiya kelişuvlarini ustuvor qöyayotganini takidlamoqda.

23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda 50 dan ortiq venesuelalik Rodrigesning taşrifiga qarşi namoyiş ötkazgan. Ular Venesuelada erkin saylovlar ötkazilişini talab qilgan.

Tramp BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqida Maduroni “qonunbuzar diktator” deb atadi. U Maduro qölga olinganidan keyin Venesuelada yuzlab siyosiy mahbuslar ozod qilinganini aytdi va AQŞning yanvar oyidagi operatsiyasini Ğarbiy yarimşarda öz manfaatlarini himoya qiliş uçun tengsiz harbiy qudratdan foydalanişga tayyorligining dalili sifatida körsatgan.

Trampning aytişiça, uning mamuriyati ötgan oyda Karakas bilan imzolagan neft kelişuvi “ehtimol, heç qaçon tuzilgan eng yirik kelişuv” bölgan. AQŞ Prezidenti Venesuela neft sanoatiga 100 milliard dollar investitsiya kiritilişini istaşini bildirgan.

Malumot uçun, Rodriges Nyu-Yorkka 21 sentyabr kuni Venesuela delegatsiyasi bilan borgan. Delegatsiya AQŞ rasmiylari, xalqaro moliya taşkilotlari va kompaniyalar bilan energetika, toğ-kon sanoati va Venesuela qarzlarini qayta tuziş masalalarini muhokama qilmoqda.

Venesuela Inter-Amerika taraqqiyot bankidan 2,5 milliard dollarlik kredit olişga harakat qilmoqda. Biroq bank direktorlar kengaşining ayrim azolari bu masalaga qarşilik bildirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: