Venesuela AQŞga “böyin egişni” boşladi
10-01-2026, 15:50
108 марта

Venesuela AQŞga “böyin egişni” boşladi
Delsi Rodriges boşçiligidagi Venesuela muvaqqat hukumati keça, 9 yanvar kuni bergan bayonotida AQŞ bilan diplomatik aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlarini örganişni boşlagan. Şu doirada AQŞ Davlat departamenti vakillari texnik va logistika baholaş işlarini olib boriş uçun Karakasga taşrif buyurgan. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.AQŞ Davlat departamentining bayonotida aytilişiça, amerikalik rasmiylar Janubiy Amerika davlatida AQŞ elçixonasi faoliyatini bosqiçma-bosqiç qayta tiklaş ehtimolini körib çiqmoqda.
Malumki, Vaşington va Karakas ötgan hafta AQŞning şov-şuvli harbiy amaliyoti ortidan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro qölga olinganidan söng, hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan. Şundan söng uning vitse-prezidenti Delsi Rodriges mamlakatning muvaqqat rahbari sifatida hokimiyatni öz qöliga olgan.
“Venesuela hukumati AQŞ hukumati bilan diplomatik missiyalarni ikki davlatda ham qayta tiklaşni közlab, sinov (eksploratsiya) jarayonini boşlaşga qaror qildi,” deyiladi Venesuela hukumati bayonotida.Şuningdek, Venesuela tomoni baholaş işlarini olib boriş uçun AQŞga ham öz delegatsiyasini yuborişini malum qilgan.