Litva Markaziy Osiyo fuqarolarini işga çaqirişni töxtatdi
Litva Migratsiya departamenti rahbari Indre Gaspere sönggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Litvaga borayotgan mehnatkaşlar soni ortgani sababli ayni paytda ularning işlaş böyiça arizalari qabul qilinmayotganini malum qildi. Bu haqda u keça, 22 sentyabr kuni parlamentdagi nutqida söz oçdi.
“Şubhasiz, sönggi yillarda Markaziy Osiyodan keluvçilar sonining ortişi kuzatilmoqda, ularning soni köpaydi, ammo hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi taşqi xizmat körsatiş markazlari faoliyati töxtatilgan, çunki biz uşbu mamlakatlardan işga joylaşiş böyiça juda köp miqdorda arizalar oldik”, deydi Indre Gaspere parlamentda.
Uning bildirişiça, iş beruvçilarning ham, iş topmoqçi bölgan xorijliklarning ham umidlarini oqlaş uçun taşqi markazlar faoliyati töxtatilgan va arizalarni qabul qiliş tugatilgan.
Migratsiya departamenti malumotlariga köra, 1 sentyabr holatiga köra Litvada deyarli 227 ming xorijlik amaldagi yaşaş guvohnomasiga ega bölgan:
- 80 ming – Ukraina fuqarolari;
- deyarli 48 ming – Belarus fuqarolari;
- 13 ming – Rossiya fuqarolari;
- 13 mingga yaqin – Özbekiston fuqarolari;
- 9,4 ming – Hindiston fuqarolari;
- 7,4 ming – Tojikiston fuqarolari.
Indre Gaspere aynan qaysi mamlakatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda Litva hokimiyat organlari kiriş va işlaş huquqini olganlar tomonidan qoidabuzarliklar yuz bergani sababli Duşanbedagi viza markazi yopilişini elon qilgan edi.
Uşbu markazning ikki yillik faoliyati davomida 6,5 mingga yaqin kişi, asosan haydovçilar va quruvçilar mamlakatda yaşaş hujjatlarini rasmiylaştirgan. Biroq aniqlanişiça, ularning aksariyati mamlakatdan tranzit nuqtasi sifatida foydalangan, amalda esa YeIning boşqa mamlakatlarida mehnat qilgan.