Suniy intellektda Erdöğanning suratini yasagan erkak hibsga olindi (foto)
Turkiya huquqni muhofaza qiliş organlari Anqarada yaşovçi fuqaroni suniy intellekt yordamida mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning suratini yasagani uçun qölga oldi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.
Naşrga köra, politsiya xodimlari Anqarada suniy intellekt yordamida Rajab Toyib Erdöğan va Adliya vaziri Akin Gyurlek iştirokidagi fotosuratlarni yasagan erkakni uşlagan. Politsiya talqiniga köra, erkak uşbu fotolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

“Gumonlanuvçi WhatsApp statusiga Prezident Rajab Toyib Erdöğan va Adliya vaziri Akin Gyurlek bilan tuşgan, şuningdek, taxminlarga köra, suniy intellektdan foydalangan holda yaratilgan öz fotosuratlarini joylaştirgan”, deyiladi Anqara prokuraturasi xabarida.

Tergovning hisoblaşiça, qölga olingan şaxs şu yöl bilan özida yuqori martabali mulozimlar bilan aloqalar mavjudligi haqida taassurot uyğotgan bölişi mumkin. Tergov harakatlari nufuzni suistemol qilib savdolaşiş hamda xavotir, qörquv yoki vahima keltirib çiqariş maqsadida yolğon malumotlarni oşkora tarqatiş gumoni böyiça olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2016 yil 15 iyuldagi davlat töntarişiga uriniş vaqtida Rajab Toyib Erdöğanga suiqasd uyuştirişda iştirok etganlikda ayblanayotgan, xalqaro qidiruvda bölgan B.K. ismli şaxs qölga olingandi.