“Maktabi bombalangan Erondan keldim”. Pezeşkiyon BMT minbarida nutq sözladi
Bugun, 23 sentyabr kuni Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi majlisida iştirok etdi. Bu AQŞ bilan uruş holatida bölgan mamlakat yetakçisining uşbu taşkilot oldida çiqiş qilişi bilan boğliq birinçi holat.
“Amerika va Isroil eng sönggi texnologiyalar va qurol-yaroğ tizimlaridan foydalangan holda bizga hujum qildi, xalqimiz esa matonat bilan doş berdi. Ha, ular bizga zarba berişdi, ammo biz tiz çökmadik va boş egmadik”, deydi Pezeşkiyon.
Eron Prezidenti öz nutqi davomida taslim bölmaslikka vada bergan hamda Amerika yetakçisi Donald Tramp uning mamlakatini tuşunmasligini aytib, nizoga çek qöyiş vositasi sifatida diplomatiyaga işonişini urğulagan.
“Janob Tramp va bizni qörqitişga urinayotganlar Eronni tuşunişlari kerak, biz muloqot, diplomatiya va muzokaralarga tayyormiz, lekin kuç tilida gaplaşişni qabul qilişga tayyor emasmiz”, deydi u.
Şuningdek, Pezeşkiyon Eronning özi terrorizm qurboni bölganini aytgan. U mamlakat oliy rahbarining öldirilişi, bolalar öynayotgan maktab va sport zaliga berilgan zarbalar, şuningdek, Tehronda Ismoil Xoniyaning öldirilganini eslab ötgan. Prezident AQŞ va Isroilni universitetlar, şifoxonalar va boşqa fuqarolik obektlariga zarba berişda ayblagan.
“Kuni keça Tramp bizni terrorçilar deb atadi. Aslida esa biz terrorizm qurboni bölib kelmoqdamiz. Men muhtaram Oliy rahbarimiz heç qanday huquqiy meyorsiz va sababsiz suiqasdga uçragan Erondan keldim. Men maktabi bombalangan Erondan keldim. Uşbu bolalarni köryapsizmi? Bu bolalar AQŞ va Isroil tomonidan qöllangan qurollar va bombalar ostida halok böldi. Ular aybsiz edi va heç qanday jinoyat sodir etişmagan edi”, deydi Eron Prezidenti.
Pezeşkiyon Eron şaharlarini bombardimon qiliş javobsiz qoladi, degan illyuziya heç kimda paydo bölmasligi uçun Eron mudofaa tizimini yaratganini malum qilgan. Eronning mudofaa qudrati himoyalaniş uçun möljallangan va Tehronga özini himoya qiliş uçun kimningdir ruxsati kerak emas.
Şu bilan birga, u Eron yadroviy bilimlar bir neçta mamlakatlarning monopoliyasi bölib qolişiga könmasligini aytgan.
“Eron yadroviy qurolni xavfsizlik omili deb hisoblamaydi, ammo fan, sanoat va tinçlikparvar energetikaga bölgan öz huquqidan ham voz keçmaydi. Oçiğini aytaylik: yadroviy qurolga – yöq, yadroviy bilimlarga bölgan huquqdan mahrum qilişga – yöq”, deydi u.
Pezeşkiyonning fikriça, Eronning yadroviy masalasini “jang maydonida hal qilib bölmaydi”. Dunyoga Eron dasturining istisnosiz tinçlik xususiyatiga ega ekani böyiça işonçli kafolatlar, Eron xalqiga esa öz huquqlariga rioya etilişiga işonç beradigan kelişuv yagona yeçimdir. U “ikki xil standartlar”ni tanqid qilgan.
“Atom va yadroviy bombalar Isroil rejimining qölida, lekin inspektorlardan Eronga keliş talab qilinmoqda. Isroil Ğazoda 70 mingdan ortiq aybsiz insonlarni vahşiylarça öldirdi, ammo Eron muzokaralar stoli ortida ötirgan bir vaqtda bombalandi.
Isroil yadroviy bombaga, ommaviy qirğin qurollariga ega, Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga azo emas va özining şarmandali mavjudligi davomida biror marotaba ham tekşiruvga ruxsat bermagan, biroq mintaqadagi istalgan poytaxtni xohlaganiça bombalaşi uçun ularga barça zarur imkoniyatlar yaratib berilmoqda”, deydi u.
Hormuz böğizi haqida gapirar ekan, Pezeşkiyon boşqa mamlakatlar uşbu suv yölidan foydalanib, bir vaqtning özida undan Eronga hujum qiliş va Eronning özi uçun uşbu yölni yopiş maqsadida foydalanayotganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, uruşning kengayişi xavfsizlik olib kelmaydi, mintaqa muammolarini esa aynan şu mintaqa davlatlarining özi hal qilişi kerak.