Endi qamoqxonalarga konditsioner örnatiladi
AQŞning Texas ştatidagi qamoqxonalarda jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan oğir şaroitlar ortidan federal sudya barça qamoqxonalarga 2029 yil oxirigaça konditsioner örnatişni buyurdi. Bu haqda “The Texas Tribune” xabar berdi.
Qayd etilişiça, AQŞ okrug sudyasi Robert Pitman joriy yilning 22 sentyabr kuni çiqargan 150 sahifalik qarorida konditsionersiz Texas qamoqxonalaridagi şaroitlar Konstitutsiyaning sakkizinçi tuzatişiga zid ekanini qayd etgan. Mazkur tuzatiş şafqatsiz va ğayrioddiy jazolardan himoya qilişni nazarda tutadi.
Sudya Texas Jinoyat işlari böyiça departamentiga (TDCJ) ştatdagi barça qamoqxonalarga konditsioner örnatiş böyiça rejani zudlik bilan işlab çiqiş va amalga oşirişni topşirgan. Örnatiş işlari 2029 yil 31 dekabrgaça yakunlanişi kerak.
Malumotlarga köra, joriy yilning 1 sentyabr holatiga departament tasarrufidagi 104 ta muassasaning uçdan biridan sal köproği töliq konditsionerlangan. Qamoqxonalarda mavjud 53 676 ta sovutiladigan örin sababli qariyb 90 ming mahbus konditsionersiz şaroitda qolmoqda.
Sudya qarorida Texas qamoqxonalarida haddan taşqari issiq oqibatida jarohatlaniş, ölim va azob-uqubatlar har yozda takrorlanayotgani qayd etilgan. Pitmanning yozişiça, 2023–2025 yillarda kamida 9 nafar mahbusning haddan taşqari issiq tufayli vafot etganini körsatuvçi işonçli dalillar mavjud. Sudya bu raqam kam baholangan bölişi mumkinligini ham bildirgan.
Texas Jinoyat işlari böyiça departamenti esa sud qaroriga rozi emasligini va unga apellyatsiya berişini malum qilgan. Departament qamoqxonalarda jaziramaga qarşi çoralar, jumladan, sovutiladigan xonalar, suv, sovuq duş, ventilyatorlar va sovituvçi soçiqlardan foydalanilayotganini bildirgan.
Şuningdek, departament joriy yil oxirigaça sovutiladigan örinlar sonini 60 mingtagaça, 2028 yilga kelib esa 90 mingtagaça yetkazişni rejalaştirgan. Biroq ştatdagi qamoqxonalarga töliq konditsioner örnatiş qiymati 1,5 milliard dollargaça yetişi mumkin.
Sudya departamentdan konditsioner örnatiş jarayoni böyiça har olti oyda sudga hisobot taqdim etişni ham talab qilgan. Birinçi hisobot 2027 yil 22 martgaça topşirilişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir terrorçilikda aybdor deb topilgan falastinliklarni osib öldiriş uçun qurilayotgan maxsus majmua aks etgan videoni elon qilgani haqida xabar berilgan edi.