USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Si Tszinpin AQŞda: Tramp uni ehtirom bilan qarşi oldi

76 марта
Си Цзиньпин АҚШда: Трамп уни эҳтиром билан қарши олди

Bugun, 24 sentyabrga ötar keçasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin uç kunlik davlat taşrifini amalga oşiriş uçun Vaşingtonga yetib bordi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp mehmonlarni Oq uyda kutib oliş ananasini buzib, uni aeroportda şaxsan qarşi oldi. Boşlangan sammit haqida OAV nimalarni yozmoqda?

Tramp Si Tszinpinga aeroportda kamdan kam uçraydigan ehtirom körsatdi – “The Waşington Post”

Tramp Si Tszinpinni Vaşingtondagi aeroportda favqulodda marosim bilan kutib oldi. Bu amerikalik yetakçining öz mavqedoşi uçun alohida iltifot körsatişga qançalik intilayotganini namoyiş etdi. XXR Raisining taşrifi uning oxirgi ön yildan ortiq vaqt içidagi ilk davlat taşrifiga deboça böldi va Tramp uni har tomonlama puxta rejalaştirişga harakat qilgan. Ikkala yetakçi ham hatto eng arzimas işoralarning ramziy manosiga juda etibor qaratmoqda.

Ananaga köra, Amerika yetakçilari taşrif buyurgan davlat rahbarlarini aeroportda kutib olmaydi va qabulni öz hududlarida – Oq uyda ötkazişni afzal köradi. Si Tszinpin ham may oyida AQŞ Prezidenti Pekinga uçib borganida Trampni aeroportda kutib olmagan edi. Xitoy diplomatiyasi puxta rejalaştirilgan taşriflar çoğida köpinça özaro simmetriyaga etibor qaratadi. Tramp tomonidan körsatilgan bunday mehmondöstlik Pekindagi qabul doirasidan çiqiş va mehmonga minnatdorlik bildirişga bölgan uriniş edi.

Si Tszinpin bölgan Air Çina aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti qönganidan söng, yuqori martabali Xitoy rasmiylari samolyotning oçiq eşigidan jarayonni kuzatib turgan bir paytda, formadagi Amerika harbiy xizmatçilari qizil gilamni yozişga şoşilgan. Söng Trampning bronlangan limuzini kelib töxtagan va u birinçi xonim Melaniya Tramp bilan birga gilam böylab samolyot trapi tomon yurib borgan. Xitoy yetakçisi va uning rafiqasi Pen Liyuan zinadan pastga tuşib, Tramplar juftligi bilan qöl berib körişgan.

AQŞ Xitoy bilan ikki oylik savdo sulhini elon qildi – “Bloomberg”

AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent Si Tszinpin 11 yil içida ilk bor davlat taşrifi bilan Amerikaga yetib borişidan bir oz oldin AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo sulhi yana ikki oyga uzaytirilganini elon qildi. Bessent dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari örtasida tariflarni va bazi eksport nazorati çoralarini kamaytiriş maqsadida ötgan yili tuzilgan bitimni yakunlaş uçun oxirgi muddat sifatida 10 yanvar kunini belgiladi. Xitoy hukumati uşbu amal qiliş muddati tugaş sanasini tasdiqlagani yöq.

“Men bundan ham yirikroq bitim tuziş mumkinmi-yöqmi, bilmayman”, deydi Bessent Fox News’ga bergan intervyusida. 

Oradan bir neça daqiqa ötib, Xitoy Taşqi işlar vazirligi Si Tszinpinning uşbu taşrif “unumli natijalar” olib kelişiga “işonç” bildirgan bayonotini elon qildi.

Sammit oldidan katta muvaffaqiyatlarga erişiş böyiça kutişlar yuqori emas. Sulhning uzaytirilişi 2027 yilgaça barqarorlikni kafolatlasa-da, bu bazi Amerika rasmiylarining muddatni uç-olti oyga uzaytiriş haqidagi taklifiga mos kelmaydi. Biroq ikki oylik uzaytiriş şu yilning oxirida Şençjen va Mayamida bölib ötadigan va Tramp hamda Si Tszinpin yana uçraşişi kutilayotgan dunyo yetakçilarining ikkita sammitini öz içiga oladi. Sulhning uzoq muddatli istiqbollari noaniqligiça qolayotgani sababli, Xitoyning CSI 300 indeksi 24 sentyabr kuni 1,3  foizga tuşgan. Osiyo aktsiyalarining MSCI indeksi esa neft narxi va AQŞ obligatsiyalari daromadliligining yuqoriligi tomonidan qayta boşlangan bosim fonida 0,7 foizga pasaygan.

Ikkala yetakçi ham vaqt ular tomonda deb hisoblaydi – “Associated Press”

Tramp va Si Tszinpinda Oq uydagi muzokaralarda muhokama qilinadigan köplab murakkab masalalar böladi. Xitoy Tramp administratsiyasining uruşni tugatiş böyiça AQŞ şartlariga Eronni rozi qiliş uçun öz tasiridan foydalaniş haqidagi qatiy çaqiriqlari va iqtisodiy tahdidlariga qarşilik körsatmoqda. Si Tszinpin Trampdan Tayvanga qurol sotişni butunlay töxtatişni va ilğor mikroçiplarga qöyilgan eksport çeklovlarini yumşatişni xohlaydi. Ikkala yetakçi ham vaqt ular tomonda deb hisoblaydi va kelgusi yillar davomidagi eng muhim iqtisodiy va milliy xavfsizlik raqobatida bir-biridan ayyorroq çiqişga intilmoqda.

“Prezident [Tramp] vaqt ötişi bilan AQŞ iqtisodiyoti ösib borişiga, AQŞ yanada kuçayişiga, AQŞ suniy intellekt va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatlarga erişişda davom etişiga hamda AQŞ muhim minerallar va kamyob yer elementlarining muqobil manbalarini işlab çiqişiga qatiy işonadi. Öylaymanki, Si Tszinpin ham Tramp bilan muzokaralar stoliga ötirganida, u AQŞ şiddat bilan tanazzulga yuz tutayotganiga va vaqt Xitoy tomonida ekaniga qatiy işonadi”, deydi Davlat departamentining Tramp va Jo Bayden davrida Şarqiy Osiyo böyiça siyosat masalalari bilan şuğullangan sobiq yuqori martabali mulozimi Edgard Kagan. 
 
Tramp va Si Tszinpinda savdo sulhini saqlab qoliş uçun aniq rağbat bor. Trampning Respublikaçilar partiyasi noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlarda Kongressdagi nazoratni saqlab qolişga urinib, qiyinçiliklarga duç kelmoqda va keyingi iqtisodiy larzaga bardoş bera olmaydi. Bu orada Si Tszinpin içki sektori qiyinçilikni boşdan keçirayotgan, ammo yuqori texnologik mahsulotlar eksporti yuqoriligiça qolayotgan beqaror Xitoy iqtisodiyotini tartibga solişga harakat qilmoqda.

Sammitga özining ulkan miqyosiga mos keliş qiyin – CNN

Naşrning yozişiça, Trampning Si Tszinpin şarafiga uyuştirayotgan dabdabali tantanalari muhim global payt kelganidan dalolat beradi. Ammo dabdaba çalğituvçi bölişi mumkin. XXR Raisining davlat taşrifi heç qaysi jihatdan sobiq AQŞ prezidenti Ronald Reygan va sovet yetakçisi Mixail Gorbaçev örtasidagi sovuq uruşni yumşoq töxtatişga zamin yaratgan sammitlarning muqobili emas. 

Birinçi navbatda, hamma narsa 1980-yillardagi yadro qurolini qisqartiriş töğrisidagi bitimga öxşaş insoniyatni himoya qiliş böyiça kelişuvsiz yakunlanişi kutilmoqda. Qirq yil ötib, bunday qadamlar suniy intellektni (SI) rivojlantirişga çeklovlar qöyişni yoki işonç va xavfsizlikni mustahkamlaş uçun AQŞ va Xitoyga öz texnologik sohalarida özaro şaffoflikni taminlaşni öz içiga olişi mumkin edi.
 
Sammitning kutilmagan syurpriz taqdim etiş imkoniyati hali ham bor, garçi buning uçun Xitoyning natijalarni kelişib oliş uçun murakkab dastlabki tayyorgarlikni talab qiluvçi ananaviy diplomatik meyorlarini buzişga töğri keladi. Ikki tomonlama savdo sulhining uzaytirilişi, Vaşington va Pekin örtasida barqarorlikni mustahkamlaş böyiça yangi harakatlar hamda suniy intellekt, fentanil oqimi, savdo va harbiy töqnaşuvlarning oldini oliş sohasidagi taşabbuslar yaxşi natija bölişi mumkin edi.

Xitoyning kamyob yer elementlarini işlab çiqarişdagi ustunligi muzokaralarga soya solmoqda – “Reuters”

AQŞ toğ-kon va qayta işlaş korxonalarini jadal suratlarda qurayotganiga qaramay, 2030-yillargaça kamyob yer elementlari böyiça Xitoyga qaram bölib qolaveradi. Uşbu jiddiy disbalans Si Tszinpin bilan uçraşuvda Tramp uçun yaqqol namoyon böladi. Vaşington uçun juda muhim bölgan minerallar qatoriga kiruvçi kamyob yer elementlari AQŞga qurol-yaroğ, avtomobillar, kompyuterlar va boşqa köplab tovarlarni işlab çiqariş uçun zarur.

Mineral resurslar masalalari bilan şuğullanuvçi “Bençmark Mineral Intelligence” konsalting kompaniyasi malumotlariga köra, Tramp ötgan yili hokimiyatga qaytganidan beri AQŞda eng köp tarqalgan ikkita kamyob yer elementini qazib oliş uç baravardan köproq oşgan bölsa-da, mamlakat öz ehtiyojining atigi 42 foizini qondira oladi va beş yil davomida importga deyarli çorak qismga qaram bölib qolaveradi.

Dunyoda kamyob yer elementlarining yetakçi işlab çiqaruvçisi va qayta işlovçisi bölgan Xitoy ötgan yili eksportga çeklovlar joriy etişni 10 noyabrgaça keçiktirişga rozi bölgan edi. Uşbu eksportni keçiktiriş muddatining uzaytirilişi Si Tszinpin va Trampning Vaşingtondagi uçraşuvi kun tartibida turibdi. Oq uy Xitoyning kamyob yer elementlari importini bloklaş uçun oxirgi muddatni 2027 yil yanvar deb belgilagan, ammo bunga erişiş amalda mumkin emas.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: