USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron samolyoti sanktsiya sabab Duşanbega köna olmadi

131 марта
Эрон самолёти санкция сабаб Душанбега кўна олмади

Bugun, 24 sentyabr kuni Eronning Vareş Airlines aviakompaniyasiga tegişli Tehron–Duşanbe reysi parvozga çiqqanidan söng yönalişini özgartirib, Tehrondagi Imom Xomayniy aeroportiga qaytişga majbur böldi. Bu haqda “Rooziato” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, samolyotning qaytişiga Tojikistonga qöşni ayrim davlatlar havo hududidan foydalaniş uçun berilgan ruxsatlarning kutilmaganda bekor qilingani sabab bölgan.

Eronlik media faoli Ali Qalhakiy Telegram-kanalida Vareş Airlines samolyoti Duşanbega parvoz vaqtida havo hududidan ötiş ruxsati bekor qilingani sababli Imom Xomayniy aeroportiga qaytganini malum qilgan.

Sönggi kunlarda Eron aviakompaniyalarining ayrim xorijiy yönalişlardagi parvozlariga turli çeklovlar joriy etilgani qayd etilmoqda. Jumladan, Eronning Iroq, Ummon va Ozarbayjonga amalga oşiradigan ayrim reyslari ham bunday çeklovlardan aziyat çekkan.

Hozirça samolyotning aynan qaysi davlat havo hududidan ötişiga ruxsat berilmagani va çeklovning sabablari haqida rasmiy malumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ tomonidan Eron aviatsiya sohasiga qarşi joriy etilgan sanktsiyalar Turkiyani Eronga öz reyslarini bekor qilişga va uning aviakompaniyalaridan birining parvozlarini taqiqlaşga majbur qilgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: