USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eronda havodagi samolyotning şinalaridan biri yorilib ketdi

99 марта
Эронда ҳаводаги самолётнинг шиналаридан бири ёрилиб кетди

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 rusumli samolyoti havoga kötarilganidan köp ötmay uning şinalaridan biri yorilib ketdi. Bu haqda “Fararu” agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, voqea keça, 15 sentyabr kuni soat 17:39 atrofida sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda samolyot kuçli tebranayotgani, salon şift qoplamasining ayrim qismlari ajralib tuşgani va yuk javonlaridagi buyumlar soçilib ketgani aks etgan.

Malum qilinişiça, uçoq Maşhaddan Kirmonşohga parvoz qilayotgan bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, havoga kötariliş vaqtida samolyotning şinalaridan biri yorilgan. Keyinçalik dvigatellardan birida ham nosozlik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan.

Şundan söng uçuvçi favqulodda holat elon qilib, uçoqni jönab ketgan aeroportga qaytarişni söragan.

Samolyot Maşhad xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qöngan. Hodisa vaqtida yölovçilar va ekipaj azolari jabrlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot salonidan olingan videolar ham tarqalgan. Kadrlarda fyuzelyaj içki qoplamasining ayrim qismlari ajralib tuşgani, yuk javonlaridagi buyumlar soçilib ketgani va yölovçilarning vahimaga tuşgani aks etgan.

Hodisadan söng aeroportning 31-raqamli çap uçiş-qöniş yölagi vaqtinça yopilgan.

Malumotlarga köra, yölovçilar samolyotdan xavfsiz tuşirilgan va ularni Kirmonşohga yetkaziş uçun boşqa reys taşkil etilgan. Hozirça salon şift qoplamasining ajralib tuşişiga nima sabab bölgani va samolyotni favqulodda qöndirişga olib kelgan nosozlikning aniq sababi malum qilinmagan.

Bu Sepehran Airlines aviakompaniyasining Maşhaddagi sönggi vaqtdagi ikkinçi hodisasi bölib, 25 avgust kuni kompaniyaning Boeing 737-500 rusumli samolyoti Tehrondan Maşhadga qönganidan söng uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan va old şassisi qulagan. U samolyotda 127 kişi bölgan, biroq öşanda ham jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Gretsiya şarqida aviaşou vaqtida F-4 Phantom qiruvçi samolyoti halokatga uçragani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: