Bişkek aeroportida yölovçi samolyoti ağdarilib ketdi
Bugun, 7 iyul kuni Qirğiziston poytaxti Bişkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida “TezJet” aviakompaniyasining yölovçi samolyoti ağdarilib ketdi. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, dastlab samolyot Jaloloboddan Bişkekka uçib borgani xabar qilingan. Biroq voqea guvohlarining sözlariga köra, havo kemasi Bişkek – Öş yönalişi böyiça reysni amalga oşirişga tayyorlanayotgan bölgan va havoga kötariliş vaqtida ağdarilib ketgan.
Hodisadan söng yölovçilar avariya trapi orqali evakuatsiya qilingan. Dastlabki malumotlarga köra, heç kim jiddiy jarohat olmagan. Xabar qilinişiça, ayrim yölovçilarda yengil jarohatlar va şilinişlar bor.
Naşr, şuningdek, voqea joyidan olingan tasvirlarni ham elon qildi. Unda havo kemasi qönganidan keyin qiyalab qolgani va aeroport hududida yonboşlab yotgani körinadi.
“Manas” aeroporti bergan malumotga köra, muammo samolyotning oldingi şassisi bilan boğliq bölgan. Hodisadan keyin havo kemasi uçiş uçun möljallangan yölakda qolib ketgan. Yuz bergan hodisa sababli aeroport faoliyati vaqtinçalik çeklangan. Mahalliy vaqt bilan soat 16:35 holatiga köra, barça reyslar töxtatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Texas ştatida 6 kişini olib ketayotgan kiçik biznes samolyoti avtomagistralga qulab, yonib ketgandi.