Tailandda 140 yölovçi bilan qöngan somolyotning şassisi sinib ketdi
11-03-2026, 17:06
75 марта

Tailandda 140 yölovçi bilan qöngan somolyotning şassisi sinib ketdi
Bugun, 11 mart kuni Tailandning Pxuket aeroportida bortida 140 kişi bölgan Air India Express yölovçi samolyoti şassisi (ğildiraklari) bilan boğliq muammo tufayli qattiq qönişni amalga oşirdi. Uşbu hodisa sababli aeroportda harakat butunlay töxtab qolgan. Bu haqda “Khaosod” xabar berdi.Rasmiy malumotlarga köra, bort raqami VT-BWQ bölgan Boeing 737 MAX 8 layneri Haydaroboddan töğridan töğri reysni amalga oşirgan. Bortda jami 140 kişi, jumladan, 133 nafar yölovçi bölgan. Heç kim tan jarohati olmagan.
Hindiston samolyoti uçiş-qöniş yölagiga şikast yetkazgani sababli Pxuket aeroporti yopilgan. Malum bölişiça, qöniş vaqtida samolyotning old şassisi sinib ketgan.
“Şundan söng darhol aeroport yopildi. Dastlabki malumotlarga köra, u keçgaça işlamaydi. Aeroport içida öz reysini kutayotgan minglab yölovçilar qolib ketgan”, deyiladi xabarda.