Gurlan markazida YTH: Jetour ağdarilib ketdi
26-07-2025, 10:59
758 марта
Gurlan markazida YTH: Jetour ağdarilib ketdiKeça Gurlan tuman markazidagi çorrahada Damas va Jetour rusumli avtomobillar iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Hodisa oqibatida Jetour ağdarilib ketgan.
Hodisa 25-iyul kuni keçki vaqtlarda Gurlan tumani markazidagi çorrahalardan birida yuz bergan. Dastlabki malumotlarga köra, Damas va Jetour avtomobillari töqnaşuvi oqibatida Jetour ağdarilib ketgan.
Ayni damda voqea tafsilotlari örganilmoqda. Jarohat olganlar bor-yöqligi, şuningdek, hodisaning sabablari yuzasidan rasmiy malumotlar hozirça elon qilinmagan.
Mazkur YTH yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.