Bagamada yölovçi samolyoti qulab tuşdi. Qurbonlar bor
Keça, 10 iyul kuni Bagama orollarida kiçik yölovçi samolyoti halokatga uçraşi oqibatida bortdagi barça 10 kişi halok böldi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Cessna 402C Flamingo Air samolyoti Nassau şahridagi Lynden Pindling xalqaro aeroportidan San-Andros oroliga parvoz qilganidan köp ötmay qulab tuşgan. Samolyot halokatdan avval havoda texnik yoki boşqa muammolarga duç kelganini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Şimoliy Andros orolidagi örmon hududida samolyot qoldiqlari soçilib yotgani va ayrim qismlaridan tutun çiqayotgani aks etgan.
Dastlab bir kişi halokatdan omon qolgani aytilgan, biroq u keyinçalik olgan jarohatlari sabab vafot etgan. Rasmiylar qurbonlarning şaxsini aniqlaş işlari davom etayotgani va barça yaqinlariga xabar berilmagunça töliq röyxat elon qilinmasligini malum qilgan.
Fojia sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlangan. Voqeadan söng Bagama hukumati ehtiyot çorasi sifatida Flamingo Air aviakompaniyasining barça parvozlarini vaqtinça töxtatgan.
Malumot uçun, halokatdan bir neça soat avval ham uşbu aviakompaniyaga tegişli boşqa samolyot texnik muammo sabab Nassau aeroportiga qaytişga majbur bölgan, biroq undagi yölovçilar xavfsiz evakuatsiya qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gretsiyadan Germaniyaga yöl Ryanair aviakompaniyasi samolyotida havoga kötarilganidan köp ötmay favqulodda hodisa yuz berib, samolyot oynasining sinib ketişi oqibatida bir yölovçi qisman taşqariga tortilib ketgan edi.