Frantsiyada samolyoti qulab tuşdi. 11 kişi halok böldi
Keça, 28 iyun kuni Frantsiyaning Nansi şahri yaqinidagi Tomblen kommunasida paraşyutdan sakraş uçun möljallangan samolyot halokatga uçraşi oqibatida 11 kişi halok böldi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Malum qilinişiça, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida Grand Nancy-Tomblaine aerodromidan havoga kötarilganidan köp ötmay, Tomblen şahrining Salvador Alende köçasidagi turarjoy hududiga qulagan.
Samolyot bortida 11 kişi – bir nafar uçuvçi, beş nafar paraşyut instruktori va paraşyutdan sakraşni sinab körayotgan beş nafar yölovçi bölgan. Halokat oqibatida ularning barçasi voqea joyida qurbon bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, yölovçilarning aksariyati Nansi şahrida faoliyat yurituvçi hamşiralar bölgan. Voqea joyiga 50 nafar öt öçiruvçi, 25 ta maxsus texnika, tez tibbiy yordam xizmatlari va politsiya kuçlari jalb etilgan.
Frantsiya Içki işlar vaziri Loran Nyunez va Transport vaziri Filipp Tabaro voqea joyiga borgan. Ularning sözlariga köra, samolyot havoga kötarilganidan köp ötmay tösatdan qulab tuşgan. Halokat sabablarini aniqlaş uçun tergov boşlangan.
Frantsiyaning Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini tekşiriş byurosi malumotiga köra, bu harbiy va tijorat aviatsiyasidan taşqari fuqarolik aviatsiyasi tarixida mamlakatdagi eng köp qurbon bölgan aviahalokat hisoblanadi. Dastlabki taxminlarga köra, halokatga dvigatel nosozligi yoki samolyot içidagi oğirlik muvozanatining buzilişi sabab bölgan bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida vertolyot qulaşi oqibatida mamlakatning 14 nafar fuqarosi halok bölgan edi.