Turkiyaning yana bir samolyoti boşqa davlat hududida qulab tuşdi
14-11-2025, 16:50
157 марта

Turkiyaning yana bir samolyoti boşqa davlat hududida qulab tuşdi
Turkiya yonğin xavfsizligi xizmatiga tegişli samolyot Xorvatiyada qulab tuşdi. Hodisa oqibatida bortdagi uçuvçi halok bölgan. Bu haqda “Hürriyet Daily News” xabar berdi.Turkiya Qişloq va örmon xöjaligi vaziri Ibrohim Yumaklining malum qilişiça, Turkiya yonğin xizmati tasarrufidagi ikki öt öçiriş samolyoti texnik xizmatdan ötiş uçun Xorvatiyaga yöl olgan.
“Samolyotlar 12 noyabr kuni ertalab Çanoqqaladan Zagreb aeroportiga uçgan. Noqulay ob-havo şaroiti sababli ular Riyeka aeroportida vaqtinçalik töxtaşga majbur bölgan. Keyinroq, Turkiya vaqti bilan 17:38 da ikkala samolyot yana Zagrebga uçib ketgan, biroq ob-havo yomonlaşgani sabab orqaga qaytişga qaror qilingan. Samolyotlardan biri Riyekaga muammosiz qaytgan, ammo 18:25 da ikkinçi samolyot bilan aloqa uzilgan”, deya xabar bergan vazirlik.