Tramp Rossiya va Ukrainaga uçta taklif bilan çiqdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yumşatiş uçun 3 ta zudlik bilan amalga oşirilişi kerak bölgan çorani taklif qildi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Axios” naşriga bergan intervyusida malum qildi.
Qayd etilişiça, Vaşingtonning birinçi taklifi Rossiya va Ukraina örtasida energetika infratuzilmalariga qarşi özaro zarbalarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişişdan iborat.
Ikkinçi taklif Qora dengizdagi don yölagining faoliyatini qayta tiklaşni nazarda tutadi. Uçinçisi esa AQŞ, Rossiya va Ukraina iştirokida uç tomonlama muzokaralar ötkazişdan iborat.
“Axios” uç tomonlama uçraşuv uçun Abu-Dabini ehtimoliy joy sifatida körsatgan. Zelenskiy Kiyev bunday taklifni qabul qilişga tayyorligini aytgan.
“Biz muzokaralarga oçiqmiz – istalgan joyda va istalgan formatda”, degan Zelenskiy.
Zelenskiyning aytişiça, uç tomonlama uçraşuv dekabr oyida Mayamida ötkazilişi rejalaştirilgan G20 sammiti doirasida ham taşkil etilişi mumkin. Uning sözlariga köra, bu masala Tramp bilan suhbatda ham muhokama qilingan.
Biroq Ukraina Prezidenti Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning muzokaralarga tayyorligiga şubha qilayotganini bildirgan. Şuningdek, Zelenskiy Putinning uç davlat rahbarlari uçraşuvidan qoçiş uçun “biror sabab topişi” mumkinligini aytgan.
“Axios”ning xabardor manbasiga köra, Rossiya Prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Nyu-Yorkka kelib, AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan uçraşadi. Uçraşuvda AQŞning sönggi takliflari muhokama qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, “ZN.UA” diplomatik manbalarga tayanib, Nyu-Yorkda Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov, AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkoff va Rossiya maxsus vakili Kirill Dmitriyev örtasida uç tomonlama uçraşuv tayyorlanayotganini xabar qilgan. Rossiya tomoni esa bunday uçraşuv rejalaştirilayotganini rad etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan Ukraina va Rossiya masalasida uzoq suhbatlaşganini, jumladan, energetika obektlariga hujumlarni töxtatiş böyiça moratoriy hamda Kiyevga tutib qoluvçi raketalarni tezroq yetkazib beriş masalalarini muhokama qilganini aytgandi.