Dam oliş kunlari özbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning ayrim toğ oldi va toğli hududlarida, şuningdek bugun, 25 sentyabr kunduzi va ertaga, 26 sentyabr keçasi Farğona vodiysi viloyatlari böyiça bazi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi kutilmoqda, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Bugun Toşkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor.
Havo haroratining asta-sekin pasayişi davom etadi. Harorat bugun kunduzi 26-30 darajani taşkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagaça böladi, joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari asta-sekin 22-25 darajagaça, janubda 27-30 darajagaça pasayadi. Havo harorati keçalari 9-14 daraja böladi.
Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentyabrda şimolda va çöl hududlarda bazi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi. Bugun kunning ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin, 26-27 sentyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat asosan keçalari 11-14 daraja, kunduzi 25 sentyabrda 26-28 daraja böladi, dam oliş kunlari asta-sekin 23-25 darajagaça pasayadi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.