USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qiziqçi Ukraina Mudofaa vaziriga örinbosar böldi

162 марта
Қизиқчи Украина Мудофаа вазирига ўринбосар бўлди

Komik şou orqali tanilgan qiziqçi Aleksey Reva Ukraina Mudofaa vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati özining Telegram-kanalida xabar berdi. 

“Mudofaa vazirligi jamoasini kuçaytirişda davom etmoqdamiz. Hukumat mayor Aleksey Revani Ukraina Mudofaa vazirining raqamli rivojlaniş, raqamli transformatsiyalar va raqamlaştiriş böyiça örinbosari etib tayinladi”, deyiladi xabarda.

Reva mudofaa kuçlari uçun raqamli tizimlar va servis xizmatlarini rivojlantiriş hamda armiyadagi jarayonlarni yengillaştiradigan va harbiy xizmatçilarga öz vazifalarini bajarişga yordam beradigan texnologiyalarni joriy etiş uçun javobgar böladi.

Naşrning qayd etişiça, 2015 yilda Aleksey Reva “Hazilkaşni kuldiring” şousi ğolibi bölgan. Keyinçalik u “Mamaxoxotala” yumoristik studiyasining aktyori va stsenariynavisi bölib işlagan.

Rossiya bilan nizo boşlanganidan söng Reva egizak akasi bilan birga Harbiy xizmatga çaqiruv hududiy markaziga xizmatga kirgan, keyinçalik Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi va AT-sektorida işlab, harbiy xizmatga boradiganlarni hisobga oliş uçun dasturiy taminot yaratiş bilan şuğullangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy Radasi Yevgeniy Xmarani mamlakat Mudofaa vaziri etib tayinlagandi. Uning nomzodini zarur bölgan 226 ta ovoz örniga 312 nafar deputat qöllab-quvvatlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: