Isroildagi özbekistonliklardan köçaga çiqmaslik söraldi
14-06-2025, 11:38
182 марта

Isroildagi özbekistonliklardan köçaga çiqmaslik söraldi
Hozirgi paytda Isroilda murakkab vaziyat vujudga kelayotganini etiborga olib, mamlakatdagi özbekistonliklarga şaxsiy xavfsizlik çoralarini köriş va raketa otişmalari paytida boşpanalarni tark etmaslik tavsiya etilmoqda. Bu haqda Özbekistonning Isroildagi elçixonasi ogohlantiriş bilan çiqdi.
“Zaruratsiz köçaga va boşqa köngiloçar muassasalarga taşrif buyurmang. Elçixonaga öta zarur bölmagan hollarda konsullik xizmatlarini oliş uçun kelişni vaqtinça töxtatib turişni söraymiz. Iltimos, öz hayotingizni ehtiyot qiling”, deyiladi xabarda.Elçixona konsullik bölimi işonç telefonlari:
- 03-672-2466;
- 03-672-2371;
- 03-758-5075;
- 03-758-5076.
- +972 54 485 1397.