Tramp Eronning tinçlik taklifini rad etdi – WSJ
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronning Hormuz böğozini qayta oçiş va mintaqadagi janglarni yetti kun içida töxtatişni nazarda tutgan tinçlik taklifini rad etdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” AQŞ rasmiylariga tayanib, xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, Tramp yordamçilariga joriy yil noyabrdagi AQŞ Kongressi oraliq saylovlaridan keyin Eronni bombardimon qilişni qayta boşlaşini kutayotganini aytgan. Biroq uning bu boradagi pozitsiyasi özgarişi mumkinligi ham qayd etilgan.
Eron öz taklifini BMT Boş Assambleyasi sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda ilgari surgan. Tehron rejasiga köra, AQŞ Eron portlariga qöygan blokadasini bekor qilişi evaziga Eron Hormuz böğozini oçişi va mintaqadagi harbiy harakatlar töxtatilişi kerak.
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining aytişiça, taklif Qatar vositaçiligi orqali AQŞga yetkazilgan. Uning takidlaşiça, Vaşington kelişuvga jiddiy yondaşsa, Hormuz böğozini oçiş uçun barça şartlar tayyor.
Aroqçiga köra, kelişuv qabul qilingan taqdirda yetti kunlik muddat boşlanadi va şu davr yakunida Hormuz böğozi oçiladi hamda mintaqadagi janglar töxtaydi. Şundan söng tomonlar özaro kelişilgan masalalar, jumladan, Eronning yadroviy dasturi böyiça kengroq muzokaralarni boşlaşi mumkin.
Eron taklifining bir qismi sifatida AQŞdan Eron portlariga nisbatan blokadani bekor qiliş, mamlakatning muzlatilgan mablağlarini ozod qiliş va Eron neftiga nisbatan sanktsiyalarni bekor qiliş ham söralgan.
Şu bilan birga, Eron rasmiylari yadroviy dastur böyiça öz pozitsiyasini özgartirmasligini bildirgan. Reuters suhbatlaşgan yuqori lavozimli Eron rasmiysi Tehron uran boyitiş huquqidan voz keçmasligi va yuqori darajada boyitilgan uranni mamlakatdan olib çiqişga rozi bölmasligini aytgan.
AQŞ rasmiysi esa avvalroq Vaşington va Tehron vositaçilar orqali “ijobiy va konstruktiv” muzokaralar olib borayotganini bildirgan edi. Biroq “The Wall Street Journal” manbalariga köra, Tramp Eron uning talablarini bajarişiga işonç bilan qaramayapti.
Hormuz böğozi mojaroni diplomatik yöl bilan hal qilişga urinişlarda asosiy masalalardan biri bölib qolmoqda. Uruş boşlanişidan oldin mazkur strategik suv yöli orqali jahon neft va gaz taşişining qariyb beşdan bir qismi amalga oşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişilmasa, mamlakatni “yöq qilişi” mumkinligini aytgan, biroq BMT Boş assambleyasi doirasida diplomatik muzokaralar davom etayotgani va kelişuv yaqin orada tuzilişi mumkinligini bildirgandi.