Tramp Zelenskiyga Moskvaga borişni taklif qildi – “Bloomberg”
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşiş uçun Moskvaga borişni taklif etdi. Bu haqda xabardor manbalariga tayanib, “Bloomberg” yozmoqda.
Naşr malumotlariga köra, Tramp uşbu taşabbus bilan Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasida Ukraina yetakçisi bilan ötkazilgan uçraşuv çoğida çiqqan. Zelenskiy bunga rad javobini bergan, unga yaqin bölgan manbalar esa Trampning taklifi uni xafa qilganini bildirgan.
Biroq “Financial Times” naşri uçraşuvda iştirok etgan Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Tramp tomonidan bunday taşabbus ilgari surilmagan. Ularning sözlariga köra, yetakçilar ehtimoliy bölajak uç tomonlama muzokaralarni muhokama qilgan, ammo “Bloomberg” yozganidek Zelenskiyning Rossiya poytaxtiga taşrifi haqida gap-söz bölmagan.
Kiyev bir neça bor Putin va Zelenskiyning betaraf hududda şaxsiy uçraşuvini ötkazişni taklif qilgan. Rossiya tomoni esa har safar uşbu variantni rad etib, muzokaralar Moskvada ötkazilişini talab qilib kelgan. Bunga javoban Ukraina rasmiylari bunday taklifning bemani ekanini aytib, Putinga Kiyevga kelişni taklif qilgan.
Joriy yilning sentyabr oyi örtalarida Zelenskiy dekabr oyida AQŞda bölib ötadigan “Katta yigirmatalik” (G20) sammiti hoşiyasida Putin bilan uçraşişga tayyorligini bildirgan va Ukraina “juda yaxşi muzokaralar pozitsiyasida” ekanini takidlagan edi. Kreml esa javoban ananaviy tarzda bu taşabbusni rad etdi va yana bir bor Ukraina Prezidentiga Moskvaga kelişni taklif qildi.
23 sentyabr kuni AQŞ Putinni dekabrdagi G20 sammitiga taklif etdi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda uşbu qaror olqişlanişini malum qildi. Uning sözlariga köra, Moskva “bir qarorga keladi” va “masalani diplomatik kanallar orqali işlab çiqadi”. Şu bilan birga, öşa kuni Peskov Putin va Zelenskiyning ehtimoliy uçraşuvi böyiça Kreml pozitsiyasini yana bir bor eslatib ötdi.
“Bizning pozitsiyamiz yaxşi malum. Putin agar xohlasa, Zelenskiy Moskvaga kelişi mumkinligini aytgan edi”, deydi matbuot kotibi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp mamuriyati Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yumşatiş uçun 3 ta zudlik bilan amalga oşirilişi kerak bölgan çorani taklif qilgandi.