Afinada kuçli portlaş oqibatida köp qavatli uy quladi. Qurbonlar bor
Gretsiya poytaxti Afinada portlaş oqibatida turar joy binosi qulab, bir kişi halok böldi, beş kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda Gretsiya yonğin xizmati vakillari malum qildi.
Portlaş keça, 25 sentyabr kuni Afinaning sayyohlar köp taşrif buyuradigan Plaka hududida sodir bölgan. Qayd etilişiça, ikki qavatli bino butunlay vayron bölib, uç kişi jarohatlangan, şuningdek, atrofdagi uylar, dökonlar va avtomobillarga zarar yetgan.
Manbaga köra, qutqaruvçilar maxsus tayyorlangan itlar yordamida vayronalar ostida qolganlarni izlamoqda. Yonğin xizmati vakiliga köra, binoda yaşagan keksa juftlik hamda boşqa xonadonda turgan tört nafar sayyohdan hali darak yöq.
Qutqaruv işlari davomida bugun, 26 sentyabr kuni ertalab vayronalar orasidan yoş ayolning jasadi topilgan. Portlaşdan keyin bino metall konstruktsiyalar, singan balkonlar va osilib turgan beton bölaklaridan iborat vayronaga aylangan.
Politsiya vakilining malum qilişiça, şaxsi va fuqaroligi hozirça aniqlanmagan tört sayyoh 25 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da Afina aeroportidan uçiş uçun mehmonxonadan çiqişi kerak bölgan. Biroq ular belgilangan vaqtda utib bormagan.
Portlaşga nima sabab bölgani hozirça aniq emas. Hodisa köplab mehmonxonalar va qisqa muddatli ijara uylari joylaşgan hududda sodir bölgan.
Afina meri Xaris Duka portlaş gaz infratuzilmasi bilan boğliq bölişi mumkinligini aytgan.
“Nimadir juda yomon tarzda notöğri ketgan”, degan u.
Malumot uçun, Plaka Afinaning eng maşhur sayyohlik hududlaridan biri bölib, u Akropol va Zevs ibodatxonasi kabi şaharning asosiy diqqatga sazovor joylari yaqinida joylaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Filippindagi Anxeles şahrida qurilayotgan töqqiz qavatli mehmonxona binosi işçilar ustiga qulab tuşgandi.